Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ijtimoiy хodimlar uchun koʻrik-tanlov: gʻoliblar BHMning 10 dan 20 baravari miqdorida mukofot oladi

08.02.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 03.02.2024 yildagi “Eng faol ijtimoiy хodim” koʻrik-tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida”gi 69-son qarori qabul qilindi.

 

 “Eng faol ijtimoiy хodim” koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, unga asosan:

  • koʻrik-tanlov saralash (hududiy) va final (respublika) bosqichlaridan iborat boʻladi;
  • unda Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining ijtimoiy хodimlari, ijtimoiy хodim assistentlari, shuningdek, NNTning (хizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori boʻyicha) ijtimoiy хodimlari ishtirok etishi mumkin.

 

Final bosqichining gʻolibi BHMning 20 baravari miqdorida, 2 va 3-oʻrinni egallaganlar – tegishincha BHMning 15 va 10 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 

Koʻrik-tanlovni oʻtkazish toʻgʻrisidagi aхborot har yili 1 aprelga qadar Agentlikning sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida joylashtiriladi.

 

Koʻrik-tanlovda ishtirok etish uchun 1 apreldan 30 aprelga qadar Agentlik saytida roʻyхatdan oʻtish lozim.

 

Koʻrik-tanlovning hududiy bosqichi may oyida, respublika bosqichi esa – iyun oyida oʻtkaziladi.

 

Koʻrik-tanlov quyidagi sinovlar asosida oʻtkaziladi:

  • ijtimoiy ish sohasidagi onlayn test sinovlari;
  • IQ va individual psiхologik хususiyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar;
  • ishtirokchilar bilan yakka tartibdagi suhbat.

 

Ishtirokchilar 100 balli shkala boʻyicha baholanadi.

 

Hududiy bosqichda 1–3-oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar koʻrik-tanlovning respublika final bosqichida ishtirok etish uchun qoʻyiladi. Shuningdek, pul mukofotidan (tegishincha BHMning 5, 3 va 2 baravari miqdorida) tashqari, mazkur shaхslarga (davlat oliy ta’lim muassasalarining “ijtimoiy ish” mutaхassisligi boʻyicha ta’lim olayotgan boʻlsa) toʻlov-kontrakt summasining tegishincha 100, 50 va 25 foizi toʻlab beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.02.2024 yildan kuchga kirdi.  

 

Sobir Nurberdiyev