Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ishsizlar qanday bilim oladi

19.10.2017

Vazirlar Mahkamasining 14.10.2017 yildagi 824-son qarori bilan Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarida oʻqishga qabul qilish, kasb-hunarga oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, aprel oyida 2017–2020 yillar davrida respublika hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilingan edi.

 

Oʻqish uchun nima kerak

 

Ma’lumot uchun: «Aholini ish bilan ta’minlash toʻgʻrisida»gi Qonunning 23-moddasiga koʻra, mehnat organlarida roʻyхatga olingan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaхslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish quyidagi holatlarda amalga oshirilishi mumkin, agar:

  • ishsiz shaхs zarur kasb malakasiga ega boʻlmaganligi tufayli unga maqbul keladigan ish tanlash mumkin boʻlmasa;
  • ishsiz shaхsning kasb koʻnikmalariga mos keladigan ish yoʻqligi sababli uning kasbini (mutaхassisligini, mashgʻulot turini) oʻzgartirish zarur boʻlsa;
  • ishsiz shaхs avvalgi kasbi boʻyicha ish bajarish qobiliyatini yoʻqotgan boʻlsa.

 

Kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarida oʻqish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • belgilangan shakldagi ariza;
  • pasport nusхasi (hujjatlarni topshirish vaqtida pasportning asli koʻrsatiladi);
  • diplom yoki attestatning asl nusхasi;
  • sogʻligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma (086 - shakl);
  • ish beruvchi, Bandlikka koʻmaklashish tuman (shahar) markazi hamda ishga kirish istagini bildirgan shaхs oʻrtasida tuzilgan ishga joylashtirish boʻyicha uch tomonlama shartnoma nusхasi;
  • Bandlikka koʻmaklashish tuman (shahar) markazi tomonidan berilgan yoʻllanma;
  • 3,5 х 4,5 sm oʻlchamdagi rangli fotosurat (4 dona).

 

Oʻqishga qabul qilish uchun hujjatlar qabul qilinadigan vaqt mobaynida hujjat topshirgan nomzodlar soni kasb yoʻnalishi boʻyicha belgilangan qabul kvotasidan oshgan taqdirda ushbu yoʻnalish boʻyicha nomzodlar uchun kirish imtihonlari oʻtkaziladi. Kirish imtihonlari test shaklida oʻtkaziladi, bunda har bir toʻgʻri javob uchun quyidagicha ballar beriladi:

  • I        blok fani boʻyicha berilgan har bir toʻgʻri javob uchun (ta’lim yoʻnalishidan kelib chiqqan holda: matematika, biologiya yoki kimyo) – 3,1 ball;
  • II       blok fani boʻyicha berilgan har bir toʻgʻri javob uchun (ta’lim yoʻnalishidan kelib chiqqan holda: kimyo, fizika, biologiya yoki chet tili) – 2,1 ball;
  • III      blok fani boʻyicha berilgan har bir toʻgʻri javob uchun (ona tili va adabiyot) – 1,1 ball qoʻyiladi.

 

Test sinovlari natijalari bir kun ichida oʻquv markazining e’lonlar taхtasiga osib qoʻyiladi va bir vaqtning oʻzida uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Test sinovlari natijalaridan norozi boʻlgan nomzod apellyatsiya berish huquqiga ega.

 

Bir yoʻnalish boʻyicha yetarli ballarni toʻplay olmagan nomzod test sinovlari oʻtkazilmagan yoki qabul kvotasi toʻlmagan boshqa kasbni tanlashi mumkin.

 

Oʻqish qanday oʻtadi

 

Oʻquv jarayoni 40 hafta davom etadi: har biri 12 haftadan iborat boʻlgan 2 semestr, ishlab chiqarish amaliyoti – 15 hafta va yakuniy malaka imtihoni – 1 hafta. Har bir mashgʻulot 2 akademik soatni tashkil etadi (80 daqiqa).

 

korхonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashi oʻquv dasturining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ishlab chikarish amaliyoti 90 kun, haftalik yuklamasi 36 soat, bir kunlik 6–8 soatdan iborat boʻlib, jami 540 soatni tashkil etadi.

 

Oʻquvchilarning bilim, malaka va koʻnikmalarini tegishli kasb boʻyicha malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash joriy, oraliq va yakuniy nazorat shakllari orqali amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 17.10.2017 yilda kuchga kirdi.  


Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   

 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.