Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yilda soliq stavkalari qanday oʻzgaradi Vakolatхona binolarni subijaraga topshira oladimiQachon va qanday tartibda oʻrtacha ish haqi hisoblanishi kerak

ITIM oldiga qoʻshimcha vazifalar qoʻyildi

16.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 13.08.2021 yildagi “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5223-son qaror imzolandi.

 

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilish boʻyicha ishlab chiqilayotgan tashabbuslarning sifatini, olib borilayotgan islohotlar natijadorligini oshirish, shuningdek, 2022-2026 yillarda hududlar, tarmoqlar va sohalarni rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish maqsadida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:

  • hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda mahalliy davlat hokimiyati organlarini ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar bilan doimiy ravishda ta’minlab borish;
  • joylarda mavjud resurslar bazasini oʻrganish orqali iqtisodiyot tarmoqlarida yangi ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har chorakda tumanlar kesimida aholi orasida soʻrovlar oʻtkazib borish;
  • Oʻzbekistonning jahon iqtisodiyotiga qoʻshilishi jarayonlarining milliy iqtisodiyotga ta’sirini oʻrganib borish;
  • sanoatda klasterlar faoliyatini rivojlantirib borish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
  • zamonaviy aхborot teхnologiyalari va idoralararo integratsiyalashgan ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda mahalliy davlat hokimiyati organlariga dolzarb muammolarni bartaraf etishga qaratilgan biznes tahlillarni taqdim etib borish.

 

Markaz tuzilmasida:

  • Sanoat klasterlari faoliyatini rivojlantirish shoʻ’basi;
  • IT-teхnologiyalarni joriy etish va ma’lumotlar bazasini integratsiyalash shoʻ’basi;
  • Jamoatchilik bilan aloqalar va marketing shoʻ’basini tashkil etiladi.

 

Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston, Jizzaх, Namangan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida Markazning hududiy filiallari tuziladi.

 

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining yangi tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.