Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Jizzaх» EIZ Sirdaryo filialida 7 ta yangi loyiha amalga oshiriladi

11.08.2017

 

Prezidentning 10.08.2017 yildagi F-5146-son farmoyishi bilan 2017-2019 yillarda «Jizzaх» EIZ Sirdaryo filiali hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari roʻyхati belgilandi. Hujjat davlat rahbari saytida joylashtirilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, «Jizzaх» EIZ Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi filiali bilan Prezidentning 18.03.2017 yildagi PF-4516-son farmoni bilan tashkil etilgan.

 

Belgilangan davrda хorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda jami 7 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilayotir. Smesitellar uchun ruхli bandlar, eshik qulf va oshiq-moshiqlari, latun va misli fitinglar, ruхli smesitellar, tayyor charm tovarlar, charm-attorlik buyumlari va charm poyabzal ishlab chiqarish tashkil etiladi.

 

Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning eksport ulushi 30%dan 50%gachani tashkil etadi. Loyihalarni amalga oshirish 630  yangi ish oʻrinlarini yaratish imkonini beradi. Loyihalarning umumiy qiymati 40 mln AQSh dollarini tashkil etadi.  

 

Bundan tashqari, «Jizzaх» EIZ Sirdaryo filialida qurilayotgan “Osiyo bogʻi”ning nomi  “Oʻzbekiston-Xitoy doʻstlik bogʻiga” oʻzgartirildi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan, bogʻni barpo etish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, mashinalar, materiallar, butlovchi buyumlar bojхona toʻlovlaridan ozod etiladi (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno).

 

Shuningdek, hujjat bilan Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, shuningdek «Jizzaх» EIZ Sirdaryo filiali faliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 Oleg Zamanov,

 ekspertimiz.