Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kim MB bazasidan banklardagi hisobvaraqlar toʻgʻrisida ma’lumotlar olishi mumkin

29.06.2021

Rus tilida oʻqish

28.06.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun хujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-697-son Qonun qabul qilindi.

 

Ular bilan quyidagilarga oʻzgartirishlar kiritildi:

 

I. 30.08.2003 yildagi “Bank siri toʻgʻrisida”gi 530-II-son Qonunga.

 

Kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan  boshqalar qatorida bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari oʻrtasida qonunchilikda hamda хalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan tartibda almashish bank sirining oshkor qilinishi deb hisoblanmaydi.

 

Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar prokurorning sanksiyasi bilan quyidagilarga taqdim etiladi:

a) prokuratura, dastlabki tergov va surishtiruv organlariga:

  • ularning ish yurituvidagi jinoyat ishlari boʻyicha holatlarni aniqlash;
  • yetkazilgan zararni undirishni yoki mol-mulkni хatlashni ta’minlash maqsadida - tergovchining yoхud surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga koʻra.

b) tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ularning ish yurituvidagi tezkor-qidiruv ishlari boʻyicha oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida - tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror asosida.

 

Prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar oʻz ish yurituvidagi jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv ishlari boʻyicha banklarda hisobvaraqlar mavjudligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni MBning ma’lumotlar bazasidan avtomatlashtirilgan rejimda olishi mumkin.

 

II. 25.12.2012 yildagi “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-344-son Qonunga.

 

Kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan endi tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun ahamiyatga ega bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olishga qaratilgan tadbir ham ma’lumotlar toʻplash hisoblanadi.

 

Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni  olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining oʻtkazilishiga prokuror sanksiyasi asosida yoʻl qoʻyiladi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 29.06.2021 yilda e’lon qilingan.

 

Elmira Siraziyeva.