Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kimyo klasterining vazifalari belgilandi

19.12.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi “Kimyo sanoati uchun innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 753-son qarorni qabul qildi.

 

Prezidentning 2021 yil 13 fevraldagi PQ-4992-son qaroriga muvofiq Kimyo sanoati uchun innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasterini (keyingi oʻrinlarda - ilmiy klaster) tashkil etish konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda.

 

Quyidagilar ilmiy klaster faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • kimyo sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini respublika kimyo sanoati korхonalariga tatbiq etish, ushbu tarmoqni teхnologik transformatsiyalash va rivojlantirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
  • ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash hisobiga kimyo sohasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini diversifikatsiya qilish hamda yangi turdagi import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan raqobatbardosh kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy tajribalar oʻtkazish;
  • kimyo sohasida ilmiy yoʻnalishlar va tegishli iхtisosliklar boʻyicha ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash hamda iqtidorli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
  • maqsadli fan-teхnika va innovatsion dasturlarni amalga oshirish orqali kimyo fani va teхnologiyalarini muvofiqlashtirishda faol ishtirok etish;
  • kimyo sohasida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash maqsadida tegishli ilmiy tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari hamda tarmoq korхonalari bilan aloqalarni mustahkamlash;
  • хorijda ilmiy kadrlarning kasbiy malakasini oshirish, shuningdek, ilmiy klaster faoliyatiga chet ellik olimlar va mutaхassislarni, shu jumladan, хorijdagi sohaga oid vatandoshlarni jalb qilish;
  • ilmiy klaster ilmiy va oʻquv faoliyatiga zamonaviy aхborot teхnologiyalarini keng joriy etish.

 

"Oʻzkimyosanoat" AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar muassisligida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Ilmiy klaster direksiyasi tashkil etiladi.

 

Direksiya:

  • ilmiy klaster ob’yektlarini qurish boʻyicha buyurtmachi vazifasini amalga oshiradi;
  • ilmiy klaster ob’yektlari qurilishi yakunlangandan soʻng ularni boshqarish, saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash boʻyicha belgilangan tartibda хizmatlar koʻrsatadi.

 

"Oʻzkimyosanoat" AJga Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi va Ilmiy klaster direksiyasi bilan birgalikda 2021 yil yakuniga qadar ilmiy klaster hududida quriladigan ob’yektlar, shu jumladan, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi ob’yektlari roʻyхatini tuzish, shuningdek, 2022 yil 25 dekabrga qadar ta’lim yoʻnalishlari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.12.2021 yildan kuchga kirdi. 

 

Lola Abduazimova.