Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Koʻchma aloqa tarmoqlarini loyihalashtirishni litsenziyalash uchun davlat boji pasaytirildi

28.02.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 23.02.2024 yildagi OʻRQ-912-son Qonun imzolandi, u bilan Oʻzbekistonning ayrim NHHga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Hujjatda qayd etilganidek, mamlakatimizda yoʻldosh aloqa tarmoqlarining rivojlanishi uchun yetarli shart-sharoitlar mavjud emasligi, bunday faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun davlat boji miqdorining yuqoriligi ushbu aloqa vositasidan mahalliy tarmoqlarda foydalanishga, shuningdek togʻli va olis hududlarda Internet hamda aloqa qamrovini yanada kengaytirishga toʻsqinlik qilmoqda.

 

Qonun bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi hamda “Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunlarga koʻchma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqaga taalluqli litsenziyalanadigan faoliyatning mavjud kichik turlari faoliyat turi bilan toʻldirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Xususan, respublika hududida yoʻldosh aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning хizmatlarini koʻrsatishni shunday faoliyat turlari jumlasiga kiritish mumkin.

 

Koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish faoliyatini amalga oshirishni litsenziyalash uchun toʻlanadigan davlat bojining miqdori BHMning 400 baravaridan BHMning 200 baravarigacha pasaytirildi.

 

Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova