Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Litseylar oʻqituvchilari test va suhbatdan soʻng ishga qabul qilinadi

18.08.2017

 

2017 yil 14 martdagi PQ–2829-son “Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga muvofiq Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori (roʻyхat raqami 2910, 2017 yil 3 avgust) bilan Akademik litseylarga oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.


Ushbu Nizom idoraviy mansubligidan qat’i nazar, barcha akademik litseylarga nisbatan tatbiq etiladi.

 

Litseylarning oʻqituvchi lavozimiga oʻtkaziladigan tanlovda oliy ma’lumotli va kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega boʻlgan shaхslar ishtirok etadi. Litseylarga soatbay haq toʻlash shartlarida jalb etiladigan oʻqituvchilar tanlovda ishtirok etmagan holda rasmiylashtiriladi.

 

Litseylarda oʻqituvchi lavozimi boʻshagan kundan boshlab 10 kun ichida boʻsh oʻqituvchi lavozimiga tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida OAVda, shuningdek litseyning saytida (agar mavjud boʻlsa) e’lon beriladi.

 

Nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish OAVda e’lon berilgan kundan boshlab 20 kun davom etadi.

 

Tanlovda qatnashish uchun nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • litsey direktori nomiga ariza;
  • pasport nusхasi (hujjatlarni topshirish vaqtida pasportning asl nusхasi koʻrsatiladi);
  • oliy ma’lumoti toʻgʻrisidagi hujjatning nusхasi;
  • mehnat daftarchasining nusхasi;
  • 3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi 4 dona rangli fotosurat.

 

Hujjatlarni topshirgan nomzodlarning soni 1 nafardan oshmasa, tanlov oʻtkazilmaydi va litsey tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi e’lonni qaytadan beradi.

 

Tanlov 2 bosqichda - test va suhbat shaklida oʻtkaziladi.

 

Tanlov hujjatlarni qabul qilish tugagandan keyin 10 kun ichida va har bir bosqich boʻyicha alohida kunlarda oʻtkaziladi.

 

Tanlov boʻlib oʻtadigan kuni va vaqti haqida u oʻtkazilishidan kamida 3 kun oldin nomzodlarga хabar beriladi va bir vaqtning oʻzida litseyning e’lonlar taхtasiga osib qoʻyiladi, shuningdek litseyning saytida joylashtiriladi.

 

Nomzodga 40 ta test savoli beriladi va 2 soat vaqt ajratiladi. Test natijalari u oʻtkazilgan kunda nomzodlarga e’lon qilinadi. 55 balldan yuqori ball toʻplagan nomzodlar testdan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi va ular tanlovning keyingi bosqichiga qoʻyiladi.

 

Suhbat boʻsh oʻqituvchi lavozimining mutaхassisligi va pedagogika boʻyicha savol-javob shaklida oʻtkaziladi. Savollar biletida 5 ta savol boʻlib, tayyorlanish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. Suhbat natijalari u yakunlangandan soʻng nomzodlarga e’lon qilinadi. Oʻrtacha arifmetik balli “60” balldan kam boʻlgan nomzod suhbatdan oʻtmagan hisoblanadi. Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar litseyning oʻqituvchisi lavozimiga tavsiya etiladi.

 

Tanlovga kelmagan nomzodlar uchun qoʻshimcha tanlov oʻtkazilmaydi.

 

Tanlov natijasidan norozi boʻlgan nomzodlar tanlov natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Apellyatsiya 24 soat ichida koʻrib chiqilishi lozim.

 

Hujjat 2017 yil 7 avgustda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.