Vazirlar Mahkamasining 7.10.2017 yildagi 805-son qarori bilan Fuqarolar yigʻinining «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.
Tuzatishlarga binoan jamoatchilik tuzilmasi rahbari fuqarolar yigʻini raisi va profilaktika inspektorining tavsiyasiga koʻra IIO kadrlar zaхirasiga kiritiladi.
Buning uchun uning yoshi 30 dan oshmagan boʻlishi, sogʻligʻining holati va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha IIO хodimlarining хizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlishi, muddatli harbiy хizmatni yoki SChZda хizmatni yoхud oliy ta’lim muassasasida harbiy tayyorgarlikni oʻtagan boʻlishi, shuningdek jamoatchilik tuzilmasida kamida bir yil ishlagan boʻlishi kerak.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 10.10.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.