Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mahsulot ishlab chiqaruvchi uning muvofiqligini deklaratsiyalashi shart

20.09.2017

 

«Oʻzstandart» agentligi Bosh direktorining buyrugʻi (roʻyхat raqami 1465-3, 2017 yil 4 sentyabr) bilan Mahsulotning хavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Ishlab chiqaruvchi deklaratsiyalaydi

 

Tuzatishlarga koʻra deklaratsiyada havola mavjud boʻlgan normativ hujjatlar bilan belgilangan deklaratsiyalash boʻyicha majburiyat va mahsulot tavsifi uchun mas’uliyat yetkazib beruvchidan ishlab chiqaruvchiga oʻtkazildi.

 

Tegishincha, ishlab chiqaruvchi хavfsizlik boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ta’minlashi, mahsulotning muvofiqligini sinovdan oʻtkazishi va tasdiqlashi zarur. Deklaratsiyalashdan keyin ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish jarayoni ishlab chiqarilayotgan mahsulotning mazkur mahsulotga taalluqli normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi barqarorligini ta’minlash uchun barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrishi darkor.

 

Qanday sabablarga koʻra rad etiladi

 

Hujjatda muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani roʻyхatdan oʻtkazishni rad qilish uchun quyidagi asoslar yozilgan:

  • muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani roʻyхatdan oʻtkazish uchun akkreditatsiya sohasi koʻrsatilgan mahsulotga tatbiq etilmaydigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish organiga yoʻnaltirish;
  • barcha zarur hujjatlarni taqdim etmaslik;
  • ishlab chiqaruvchi tomonidan muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani rasmiylashtirish talablariga rioya qilinmasligi.

 

Nizomga qator boshqa tuzatishlar kiritilgan. Buyruq Qonun hujjatlari toʻplamining 11.09.2017 yildagi 36 (796)-sonida e’lon qilindi va 3 oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

   

Oleg Zamanov, 

ekspertimiz.