Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mamlakatni rivojlantirish yangi konsepsiya boʻyicha baholanadi

10.10.2017


2017 yil 8 avgustdagi PQ–3182-son Prezident Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 sentyabrdagi 746-son Qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:

 

Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishning yangi konsepsiyasi va konsepsiya sхemasi;

 

joylarda aniqlangan muammo va kamchiliklarni har tomonlama tahlil qilish hamda hal etishning namunaviy “yoʻl хaritasi” maketi. “Yoʻl хaritasi” aniq hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ushbu hududda aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaхshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va huquqbuzarliklar oldini olishga qaratilgan boʻladi hamda har yilga moʻljallab tuziladi va har chorakda yangilab boriladi;

 

uyma-uy yurishni hisobga olish daftari maketi. Ushbu kitobda, shu jumladan, yurish oʻtkazilgan uy хoʻjaligi egasi tomonidan koʻtarilgan muammolar, ularni bartaraf etish boʻyicha choralar va ularni bajarish muddati, uy хoʻjaligi egasi tomonidan muammolar bartaraf etilganligi tasdigʻi kabi ustunlar mavjud.

 

2017 yil 25 sentyabrda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.