Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mikrokredit tashkilotlarining ustav fondlari – 2 mlrd soʻmdan kam emas

12.10.2017


Markaziy bank Boshqaruvining   «Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi qarori (roʻyхat raqami 2093-8, 2017 yil 10 oktyabr)  e’lon qilindi.

 

Oʻrnatilishicha, 1.10.2017 yildan boshlab mikrokredit tashkilotlari ustav fondlarining eng kam miqdori respublikamiz boʻyicha farqlamasdan kamida 2 mlrd. soʻmni tashkil etishi kerak.

 

Eslatib oʻtamiz, ilgari Toshkent shahrida tashkil etilayotgan mikrokredit tashkilotlari uchun u 20 ming yevro ekvivalentda, boshqa aholi punktlarida tashkil etilayotgan mikrokredit tashkilotlari uchun 10 ming yevro ekvivalentda belgilangan edi. Shu tariqa, Toshkent shahri uchun ustav fondining minimal miqdori 10,6 marotaba, boshqa aholi punktlari uchun – 21,1 marotaba oshdi.

 

Faoliyat koʻrsatayotgan mikrokredit tashkilotlari 2019 yilning 1 yanvariga qadar oʻz ustav fondlarini belgilangan miqdorga yetkazishlari shart.

 

Ma’lumot uchun: «Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida»gi Qonunning 3-moddasi va «Mikromoliyalash toʻgʻrisida»gi Qonunning 4-6-moddalariga binoan mikrokredit (EKIHning 1000 baravarigacha), mikroqarz (EKIHning 100 baravarigacha), mikrolizing (EKIHning 2000 baravarigacha) berish sohasida хizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va boshqa mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaхs mikrokredit tashkilotidir.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 


Samir Latipov.