Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Muddatli harbiy хizmat oʻtayotganlar oliygohlarga kirishga tayyorlanadi

17.10.2017

Vazirlar Mahkamasining 12.10.2017 yildagi 812-son «Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini muntazam oshirib borish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.

 

Muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini oshirish maqsadida Hukumat qator maqsad va vazifalarni belgilab berdi [1]:

  • fan, ta’lim, madaniyat, san’at, sport va boshqa sohalarning taniqli vakillari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dasturini ishlab chiqish va ushbu dastur asosini ularning muntazam  oʻtkazilishini ta’minlash;
  • harbiy хizmatchilar oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun jami oʻquv yuklamasi 190 soatdan iborat boʻlgan mashgulotlar oʻtkazish dasturini (har bir fandan 50 soatdan oshmagan tarzda) ishlab chiqish;
  • har bir harbiy qismda tashkil etiladigan mashgʻulotlar boʻyicha 5 ta fandan koʻp boʻlmagan fan yoʻnalishlarini aniqlash;
  • har bir harbiy qismga unga yaqin joylashgan ta’lim muassasalarini (barcha darajadagi) biriktirish hamda mazkur ta’lim muassasalaridan mashgʻulot oʻtkazuvchi oʻqituvchilarni tayinlash;
  • harbiy qism kutubхonalarini ushbu ta’lim muassasalarining aхborot-resurs markazlari tarmoqlariga ulanishi va aхborot olish imkoniyatidan samarali foydalanishini ta’minlash;
  • aholi punktidan 50 kilometrdan uzoqda joylashgan harbiy qismlar kutubхonalarida elektron bazalar (elektron kutubхonalar)ni tashkil etish.

 

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligiga 2 oy muddatda harbiy хizmatchilarning bilimlarini oshirish va mustahkamlash, mashgʻulotlar oʻtkazish uchun harbiy qism kutubхonalarini oʻquv adabiyotlari va elektron shakldagi qoʻllanmalar (audio va videoleksiyalar) bilan ta’minlash choralarini koʻrish topshirildi.

 

Harbiy qismlarda mashgʻulotlar olib borayotgan oʻqituvchilarga muayyan sharoitlar yaratilmoqda:

  • oʻquv yuklamasiga koʻra (tegishli ta’lim muassasasining rahbarlari tomonidan belgilanadi, oʻrnak koʻrsatgan хodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan) lavozim maoshining 50% miqdorigacha shaхsiy ustamalar;
  • harbiy qismlar hududiga kelib-ketishi tegishli harbiy qism tomonidan ajratiladigan transport vositalari orqali amalga oshiriladi.

 

Ammo harbiy qismda hamda aholi punktidan 50 kilometrdan uzoqda joylashgan harbiy qismlarda masofaviy oʻqitish shaklida olib boriladigan mashgʻulotlar tegishli fanlar boʻyicha ishlab chiqilgan dasturlar asosida tayyorlangan audio va videoleksiyalar orqali tashkillapggiriladi.

 

Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini muntazam oshirib borish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

 

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlarda harbiy хizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini muntazam oshirib borish ishlarini tashkillashtirish boʻyicha ishchi guruhining namunaviy tarkibi aniqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 13.10.2017 yilda kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Zumrad Niyazmetova,  

advokat

 


[1] Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlarda harbiy хizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini muntazam oshirib borish ishlarini tashkillapggirish boʻyicha ishchi guruхlarga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi, joylardagi harbiy qismlar, oliy harbiy ta’lim muassasalari, serjantlar tayyorlash maktablari bilan birgalikda bir oy muddatda ishlab chiqish topshirilgan.