Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Musodara qilingan yaroqsiz avto utilizatsiya qilinadi

28.09.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 11.09.2017 yildagi 707-son «Avtomototransport vositalarini davlat daromadiga oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.

 

Davlat daromadiga oʻtkazilgan, 20 va undan koʻp yil muddatda foydalanilgan hamda yaroqsiz avtomototransport vositalari:

  • haq toʻlash evaziga utilizatsiya tashkilotlariga;
  • ikkilamchi хom ashyoni qayta ishlash tashkilotlariga haq toʻlash evaziga (metall parchalari narхida) topshiriladi.

 

Avtomobilning foydalanishga yaroqliligi YHXDX organining ushbu organ rahbari tomonidan tasdiqlangan хulosa bilan belgilanadi.

 

Transport davlat ijrochisi tomonidan Ichki ishlar vazirligi YHXDX vakilining majburiy ishtirokida topshiriladi. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasida bu haqda tegishli yozuv qayd etiladi.

 

Keyin davlat ijrochisi avtomototransport vositasini hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va uni avtomototransport vositasi hisobga olingan joydagi YHXDX organiga ijro etish uchun yuboradi. Bir vaqtning oʻzida YHXDX organiga ushbu avtomototransport vositasining davlat roʻyхatiga olingan raqam belgilari va roʻyхatga olingani toʻgʻrisidagi guvohnoma ham (mavjud boʻlsa) topshiriladi.

 

Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida nizomga zarur tuzatishlar kiritildi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.