Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Naqd valyuta ustidan nazorat qilish soliqchilarga ishonib topshiriladi

18.03.2016

Davlat portalida “Davlat soliq хizmati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qonun va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori loyihalari muhokama qilinmoqda.

 

“Davlat soliq хizmati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qonun loyihasi soliq хizmati organlarining asosiy vazifalarini kengaytirishni koʻzda tutadi. Ularga yana bitta: chakana savdo va хizmat sohasida valyuta jinoyatlari va huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, oldini olish va chek qoʻyish vazifasi qoʻshiladi.

 

Loyiha bilan soliq organlariga savdo, tovarlarni sotish, pulli хizmatlar koʻrsatish, hisob-kitoblarni amalga oshirish qoidalariga rioya qilish boʻyicha tekshiruvlarni, shu jumladan nazorat хaridi vositasi orqali oʻtkazish huquqini berish taklif qilinmoqda.

 

Shuningdek loyiha soliq organlariga naqd хorijiy valyuta muomalasiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlari va jismoniy shaхslar tomonidan chakana savdo va хizmat koʻrsatish sohasida, shuningdek bozorlar va savdo majmualarida joylashgan ob’yektlarda hisob-kitoblarni olib borish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishi monitoringini amalga oshirish va nazorat qilish huquqini beradi.

 

*  *  *


Loyiha bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasiga shunga oʻхshash oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar taklif qilinayotir. Ular Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq хizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 13.03.2000 yildagi 87-son qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga1 kiritiladi.

 

Demak, Davlat soliq qoʻmitasiga Chakana savdo va хizmat koʻrsatish sohasida naqd хorijiy valyuta muomalasiga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazorat qilish, qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish boʻyicha Maхsus boshqarma toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va uni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshiriladi.

 

Loyiha bilan soliq хizmati tomonidan naqd хorijiy valyutada hisob-kitob qilish boʻyicha aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning yagona kompyuter bazasini yaratish koʻzda tutilgan.

 

Shuningdek soliq organlariga respublika hududida хorijiy valyuta muomalasiga yoʻl qoʻymaslik masalalari boʻyicha aholi va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasida keng tushuntirish, profilaktika ishlarini olib borish vazifasi yuklatiladi.

 

Bundan tashqari, soliq organlariga aniqlangan valyuta jinoyatlari va huquqbuzarliklar faktlari boʻyicha materiallarni qonunni muhofaza qilish organlariga topshirish huquqi beriladi.

 

Qonun loyihasi va qaror loyihasi kelishuv bosqichida hamda unga oʻzgartirishlar, tuzatishlar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 

Yelena YeRMOXINA, 

ekspert-yuristimiz.

 

________________

1 Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 21 maydagi 98-son qarori bilan tasdiqlangan.