Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

NNT davlat organlaridan ijtimoiy buyurtmalarni bevosita oladi

20.09.2017

 

14.09.2017 yildagi OʻRQ-446-son Qonun bilan «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida»gi hamda  «Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida»gi Qonunlarga qoʻshimchalar kiritildi. Tuzatishlar "Xalq soʻzi" gazetasida e’lon qilindi.

 

Davlat boshqaruvi organlari endi sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun NNTga byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasi berishi mumkin.

 

Buning uchun tanlov oʻtkaziladi. OAVda (jumladan, elektron OAVda) davlat buyurtmachilarining roʻyхati va faoliyatning mablagʻlar ajratish rejalashtirilayotgan  yoʻnalishlari oldindan e’lon qilinishi kerak.

 

Tegishincha davlat boshqaruvi organlari huzurida loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash uchun jamoatchilik kengashlari tuziladi. Uning a’zolarining yarmi – NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillaridan iborat.

 

Tanlov gʻolibi loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va baholash natijalariga koʻra aniqlanadi. Davlat boshqaruvi organi va gʻolib oʻrtasida shartnoma tuziladi.

 

Vazirlar Mahkamasi qoʻshimcha ravishda quyidagi tartibni belgilaydi:

  • sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan NNTga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmasini berish;
  • jamoatchilik kengashining tarkibini shakllantirish;
  • tanlovni oʻtkazish shartlari va tartibi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   



Oleg Zamanov,

ekspertimiz.