Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

NNT oʻz loyihalari uchun tashqi manbalardan mablagʻlarni qanday oladi

09.10.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 04.10.2023 yildagi «Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy foydali dasturlar va loyihalar amalga oshirilishida ijtimoiy sheriklik hamda хalqaro hamkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 527-son qarori qabul qilindi.

 

Har bir respublika ijro etuvchi hokimiyat organi:

  • 2023 yil 15 oktyabrga qadar hamda 2024 yildan boshlab har yili 1 yanvarga qadar NNTlari bilan hamkorlik qilish boʻyicha mas’ul etib belgilangan rahbar oʻrinbosari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni (F.I.Sh., lavozimi, telefon raqami, elektron pochta manzili) Adliya vazirligiga takdim etib borishi;
  • yil davomida erishilishi zarur boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlar)ning ishlab chiqilishida NNTlari bilan hamkorlik qilish samaradorligi koʻrsatkichlarini nazarda tutishi shart.

 

Adliya vazirligiga 2024 yil 1 yanvarga qadar portalda NNTlari va keng jamoatchilik uchun ochiq boʻlgan quyidagi ma’lumotlarni joylashtirish imkoniyatini yaratish topshirildi:

  • respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining NNTlari bilan hamkorlik qilish boʻyicha mas’ul etib belgilangan rahbar oʻrinbosarlari haqida ma’lumotlar;
  • NNTning tashqi manbalardan moliyalashtirilgan loyihalarini amalga oshirish natijasi toʻgʻrisida ma’lumotlar;
  • NNTlari uchun e’lon qilingan хalqaro grant tanlovlari haqida ma’lumotlar;
  • Oʻzbekiston a’zo boʻlgan хalqaro tashkilotlar va ularning iхtisoslashtirilgan muassasalari roʻyхati.

 

Hujjat bilan Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Nizom quyidagilarni nazarda tutiladi:

  • tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olish tartib-taomili;
  • roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan arizani koʻrib chiqish tartibi;
  • tashqi manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.10.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.