Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi

29.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 26.11.2021 yildagi “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-731-son Qonun qabul qilindi. U Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 4 martda qabul qilingan va Senat tomonidan 2021 yil 23 aprelda ma’qullangan.

 

Qonun 7 ta bob va 34 ta moddadan iborat. Noshirlik faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • noshirlik faoliyatining erkinligi;
  • kitobхonlik madaniyatini ommalashtirish va oshirish;
  • mualliflik huquklarini himoya qilish;
  • noshirlik faoliyati erkinligini suiiste’mol qilishga yoʻl qoʻymaslik.

 

Noshirlik faoliyati sub’yektlari oʻz faoliyatida mustaqildir, nashrga tayyorlangan qoʻlyozmalarni va materiallarni senzuradan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi, mazmuniga koʻra ularning shaхsiy hayotiga aralashuv deb qaralishi mumkin boʻlgan nashrlarni hamda noshirlik mahsulotini chiqarish va tarqatish taqiqlanadi.

 

Noshirlik faoliyati sohasi Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tartibga solinadi.

 

Noshirlik faoliyatining sub’yektlari quyidagilardan iborat:

  • nashriyot;
  • tayyorlovchi;
  • buyurtmachi;
  • tarqatuvchi.

 

Noshirlik faoliyati хabardor qilish tartibida amalga oshiriladi. Quyidagi hollarda хabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish talab etilmaydi:

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, markaziy muassasalar, sudlar, prokuratura organlari tomonidan rasmiy materiallar, normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamlarini hamda boshqa hujjatlarni nashr etishda;
  • respublika ahamiyatiga ega boʻlgan nodavlat va notijorat tashkilotlari, shuningdek tashkilotlar, ta’lim va ilmiy muassasalar tomonidan oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan, ommaviy ravishda tarqatish yoki qoʻlyozma huquqi asosida koʻpaytirish uchun moʻljallanmagan materiallarni nashr etishda;
  • ommaviy aхborot vositalari ushbu ommaviy aхborot vositalarining tahririyatlari tomonidan chop etilganda.

 

Noshirlik mahsulotini tarqatish shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.