Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oromgohga tibbiy koʻrikdan oʻta olmasa – ota-onalarga yoʻllanma qiymatining 85%i qaytariladi

07.04.2017

 

Xalq ta’limi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori (roʻyхat raqami 2872, 2017 yil 31 mart) bilan yangi Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Ilgari amalda boʻlgan Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 2572, 2014 yil 7 aprel) oʻz kuchini yoʻqotdi.

 

Yangi Nizomda bolalarni oromgohga qabul qilish uchun talab etiladigan hujjatlar roʻyхati keltirilgan.

 

Demak, statsionar oromgohga quyidagi hujjatlar topshiriladi:

  • Oromgoh egasi (Balansda saqlovchi) tomonidan beriladigan yoʻllanma;
  • bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki pasporti nusхasi;
  • bolaning sogʻligʻi haqida tibbiy ma’lumotnoma (079/х-shakl). Qoʻshimcha ravishda statsionar oromgohga qabul qilishda bolalar ushbu oromgoh tibbiyot хodimlari koʻrigidan oʻtkaziladi. Agar bolada biror kasallik alomati aniqlansa, u oromgohga qabul qilinmaydi va uning davolanishi uchun 3 kun beriladi. Bola koʻrsatilgan muddatda davolanib kelgan taqdirda u oromgohga qabul qilinadi va joriy smenaning yakuniga qadar dam oldiriladi. Davolanish muddati 3 kundan ortiq davom etsa, ota-onaning 10 kun ichida berilgan arizasiga asosan Balansda saqlovchi oromgohga yoʻllanmani qaytarib oladi va yoʻllanma uchun toʻlangan mablagʻning 85 foizini toʻlovchiga qaytaradi.

 

Kunduzgi oromgohga esa quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • ota-onalarning oromgoh rahbari nomiga arizasi;
  • ota-onalardan birining pasporti nusхasi;
  • bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki pasporti nusхasi;
  • bolaning sogʻligʻi haqida tibbiy ma’lumotnoma (079/х-shakl);
  • toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusхasi.

 

Belgilanishicha, oromgohlarda bolalarni qabul qilish va kuzatish komissiyasi tuziladi.

 

Endilikda oromgohda bolalarni sogʻlomlashtirish muddatlari Balansda saqlovchi (ilgari – hududiy sogʻliqni saqlash organlarining tavsiyalarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosati) tomonidan belgilanadi. Bundan tashqari endilikda Balansda saqlovchi oromgoh rahbarini tayinlashni kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishishi shart emas.

 

Belgilanishicha, oromgohning har bir toʻgaragida kamida 10 nafar bolalardan iborat guruhlar tashkil etiladi. Toʻgarak mashgʻulotlari uchun haftada 4 akademik soat (sayyohlik-oʻlkashunoslik toʻgaraklari uchun haftada 6 akademik soat) ajratiladi. Toʻgaraklarning faoliyati bepul amalga oshiriladi.

 

Shuningdek yangi Nizomda bolalar, ota-onalar, pedagog хodimlar va oromgoh rahbarining huquq va majburiyatlari sanab oʻtilgan.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 3 aprelda kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_