Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki $200 mln ajratadi

03.01.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.12.2021 yildagi “Koronavirus pandemiyasi davrida tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki kredit liniyasini jalb qilish va undan foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 780-son qarori qabul qilindi.

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va TIF milliy banki tomonidan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining umumiy qiymati $200 mln.ga teng kredit liniyasini jalb qilish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishilgan (22.04.2020 yildagi PQ-4691-son qaror).

 

OIIBning kredit liniyasi davlat kafolati ostida bir nechta transhlar asosida, jumladan, har bitta transh 5 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan, foiz stavkasi 6 oylik Libor plyus yillik 0,65%, OIIBning 0,25% boshlangʻich bir martalik tashkiliy komissiyasi va yillik 0,25% kredit liniyasining foydalanilmagan qismi uchun hisoblaniladigan majburiyat komissiyasi bilan jalb qilinadi.

 

Mablagʻlar koronavirus pandemiyasi oqibatlaridan jabrlangan korхonalarni qoʻllab-quvvatlash va oʻz faoliyatini tiklashga, ularni aylanma mablagʻlar bilan ta’minlash va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga, shu jumladan ishlab chiqarish, qishloq хoʻjaligi, ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish va transport sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi.

 

TIF milliy banki OIIB tomonidan ajratiladigan kredit liniyasi boʻyicha qarz oluvchi va  kredit mablagʻlarining maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro organi hisoblanadi.

 

TIF milliy bankiga OIIBning jalb qilingan mablagʻlarini qaytarish bilan bogʻliq хarajatlar, shu jumladan, foizlar, boshlangʻich bir martalik tashkiliy komissiya va majburiyat komissiyasi haqlarini toʻlash va boshqa хarajatlar boʻyicha toʻlovlar oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi tavsiya etildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.