Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Poytaхt bank» davlat aksiyalari paketini sotishdan tushgan mablagʻlar poytaхt shahar mahalliy byudjetiga yoʻnaltiriladi

01.12.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.11.2021 yildagi «Poytaхt bank» AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketini sotish va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash toʻgʻrisida»gi 719-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatda ta’kidlanishicha, 2018 yilda Toshkent shahar hokimligi muassisligida tashkil etilgan «Poytaхt bank» AJ ustav kapitalini shakllantirishga mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan 100 mlrd soʻm ajratilgan.

 

Belgilanishicha:

  • «Poytaхt bank» AJ ustav kapitalidagi 100% davlat aksiyalari paketini sotishdan tushgan mablagʻlar Toshkent shahar mahalliy byudjetiga yoʻnaltiriladi;
  • poytaхt mahalliy byudjetiga kelib tushgan mablagʻlar Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan byudjet ssudalarini, shuningdek Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlarni qaytarishga yoʻnaltiriladi;
  • «Poytaхt bank» davlat aksiyalari paketini sotish boʻyicha oldi-sotdi bitimi qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosidan tashqarida amalga oshiriladi.

 

Davlat mulkini sotish boʻyicha tender savdolarini oʻtkazuvchi davlat komissiyasi tomonidan davlat ulushini investorlarga sotish Deloitte хalqaro konsultantlarini jalb etgan holda ommaviy savdolar orqali amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.