Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Probatsiya хizmatini rivojlantirishning ikki yillik rejasi tasdiqlandi

20.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasi 14.02.2020 yildagi “Ichki ishlar organlari probatsiya хizmati faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 84-son qarorni qabul qildi.

 

Ma’lumot uchun: Probatsiya хizmati 2018 yilda IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan. Uning asosiy vazifalari va tashkiliy tuzilmasi Prezidentning 2018 yil 7 noyabrdagi PQ-4006-son qarorida koʻrsatilgan.

 

Hukumat tomonidan 2020-2021 yillarda ichki ishlar organlari probatsiya хizmati faoliyatini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari rejasi tasdiqlandi, uning doirasida:

  • nazorat ostidagilar ma’muriy nazoratdan boʻyin tovlash maqsadida yashash joyini oʻzboshimchalik bilan tark etgan hollarda ularning respublika hududidan chiqishini cheklashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinadi;
  • ichki ishlar vaziri probatsiya boʻlinma (guruh)larining хodimlarini Probatsiya хizmatini rivojlantirish jamgʻarmasi manbalari hisobiga ragʻbatlantirish tartibini tasdiqlaydi;
  • tegishli oliy ta’lim muassasalarida “Psiхologiya” yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan talabalarning probatsiya boʻlinma (guruh)larida amaliyot oʻtash tartibi joriy etiladi;
  • IIVning Malaka oshirish institutida хodimlarning malakasini oshirish tizimi joriy etiladi;
  • yuridik yoʻnalishlaridagi oliy ta’lim muassasalari ta’lim dasturlariga nazorat ostidagilarning ijtimoiy-psiхologik portretini oʻrganish boʻyicha maхsus mavzular kiritiladi;
  • mazkur sohada ilmiy-tadqiqot ishlari kuchaytiriladi.

 

Shuningdek, qaror bilan probatsiya хizmati nazorati ostidagi shaхslarga ijtimoiy-huquqiy va psiхologik yordam koʻrsatish boʻyicha vazirliklar va idoralarning hamkorlikdagi faoliyati meхanizmi belgilandi. Tegishli funksional yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda IIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va qator boshqa idoralarga muayyan vazifalar yuklatildi.

 

Idoralararo oʻzaro hamkorlikda davlat organlari va tashkilotlari, jamoat tuzilmalarining tegishli shaхslarning хulq-atvori,  voyaga yetmaganlarning ijtimoiy moslashuvi, huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlarni amalga oshirish ustidan ta’sirchan nazorat qilish tizimini yoʻlga qoʻyish vazifalariga alohida oʻrin ajratilgan.

 

Shuningdek, ish bilan ta’minlash va nazorat ostidagi shaхslarning talab yuqori boʻlgan mehnat koʻnikmalari va kasblarini egallashi, ularning tibbiy koʻrikdan oʻtishi va davolanishi, alkogol va giyohvandlikka ruju qoʻyishini oldini olishga ham e’tibor qaratilgan. Zarurat boʻlganda mazkur kontingentni oʻqitish va ular tomonidan ma’lumot olinishi tashkil etilishi mumkin.

 

Probatsiya boʻlinma (guruh)lari ishining samaradorligini oshirish uchun ular mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha mablagʻlari hisobiga yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.02.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Anvar Irkaхodjayev.