Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qishloq joylarda uy-joylar yanada arzonlashadi

26.10.2016

21.10.2016 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida»gi Qarori qabul qilindi.

Imtiyozli shartlarda ipoteka

 

Hujjat bilan qishloq joylarda arzon uy-joylarning yangi namunalarini joriy qilish nazarda tutiladi:

 

I namuna: hovli imoratlari va qulayliklarga ega hovlilari boʻlgan ikki, uch qavatli koʻp kvartirali (2, 3 хonali) uylar;

 

II namuna: aholi zich joylashgan tumanlarda hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,02 gektar boʻlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 хonali uylar;

 

III namuna: hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,04 gektar boʻlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 хonali birlashtirilgan uylar .

 

Uy quruvchilarga 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga ipoteka kreditlari beriladi. Kreditlar boʻyicha foiz miqdori quyidagicha belgilanadi:

 

  • 7% yillik – dastlabki 5 yil;
  • MBning qayta moliyalashtirish stavkasi – qolgan davr.

 

Eslatib oʻtamiz, qayta moliyalashtirish stavkasi Markaziy Bank tomonidan har yili belgilanadi. Joriy yilda u yillik 9%ni tashkil etadi.

 

Kredit boʻyicha dastlabki badal quyidagi miqdorlarni tashkil etadi:

 

  • I va II namunali turar joylar uchun – 15 %;
  • III namunali turar joylar uchun – 25 %.

 

2017 yilda 15 mingta yangi uy quriladi

 

Dasturda 2017 yilda namunaviy loyihalarning aniq turlari boʻyicha qishloq joylarda umumiy moliyalashtirish hajmi 2 121,5 milliard soʻm boʻlgan 15,0 mingta arzon, shu jumladan birinchi namuna boʻyicha – 4 608 ta, ikkinchi namuna boʻyicha – 3 739 ta, uchinchi namuna boʻyicha – 3 672 ta zamonaviy, shinam uy-joylar qurilishining yigʻma va asosiy parametrlari tasdiqlangan.

 

Quruvchilarga - imtiyozlar

 

Hujjatda soliq imtiyozlari koʻzda tutilgan, хususan, 2022 yil 1 yanvargacha quyidagilar belgilangan: 

 

  • pudrat tashkilotlari – "Qishloq qurilish invest" IK MChJ bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida massivlarda uylar, suv ta’minoti ob’yektlari va avtomobil yoʻllari qurish boʻyicha ishlar hajmlari uchun – soliqlarning barcha turlarini va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan;

 

  • subpudrat tashkilotlari – massivlarda uylar, suv ta’minoti ob’yektlari va avtomobil yoʻllari qurishga "Qishloq qurilish invest" IK MChJ bilan shartnomalar tuzgan bosh pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktlar boʻyicha ular tomonidan bajariladigan ishlar hajmlari uchun – YaST toʻlashdan;

 

  • qurilish materiallari va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shuningdek ularni tashiydigan tashkilotlar – foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uylar qurish uchun "Qishloq qurilish invest" IK MChJga va "Qishloq qurilish invest" IK MChJ bilan shartnomalar tuzgan bosh pudrat tashkilotlariga qurilish materiallari va asbob-uskunalarni realizatsiya qilish va ularni tashish (jumladan import materiallarni) hajmlari uchun QQS, YaST va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etiladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan  yaqin orada «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz