Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qizilmiya eksportyorlari yigʻimdan ozod qilindi

17.04.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 14.04.2017 yildagi 210-son qarori bilan yalangʻoch qizilmiya eksportyorlariga imtiyozlar berildi.

 

31.12.2018 yilgacha yuridik va jismoniy shaхslar yalangʻoch qizilmiyani хom ashyo koʻrinishida Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqish uchun toʻlovlardan (tonnasi uchun 225 AQSh dollari) ozod etildi.

 

Hujjatning oʻzida koʻrsatilishicha, bu yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklarni yetishtirish va toʻplash, ularni tayyorlash va qayta ishlashni tizimli tashkil etishni yanada tartibga solish,  yalangʻoch qizilmiyani  хom ashyo koʻrinishida  eksportga yetkazib berishdan manfaatdor boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada erkinlashtirish maqsadida amalga oshirilgan.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV, 

 ekspertimiz.