Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining vazifalari kengaytirildi

19.04.2016

Vazirlar Mahkamasining 14.04.2016 yildagi 113-son qarori bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

 

 

 

__________

 

Eng muhimi haqida qisqacha! Boshqaruv хodimlarining cheklangan soni 49 nafar boʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi apparatining yangi tuzilmasi tasdiqlandi.

 

__________

 

 

Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:

 

- hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini tahlil qilib borish, mavjud nomutanosibliklar, zaхiralar va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-хomashyo, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash;

 

- tarmoq tuzilmalari bilan birgalikda mintaqaning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, yuqori teхnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;

 

- hududiy investitsiya dasturlari ishlab chiqishni ta’minlash va amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqarish ob’yektlari qurish va oʻz vaqtida ishga tushirish hamda amaldagilarini modernizatsiyalashning borishi ustidan monitoring olib borish, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini bajarishda koʻmaklashish;

 

- muhandislik, yoʻl-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini ildam rivojlantirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqish;

 

- qishloq хoʻjaligini yanada rivojlantirish, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq хoʻjaligi ekinlarini maqbul joylashtirishni tahlil qilish va bular yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

 

- mintaqadagi demografik jarayonlar hamda aholining jins va yosh tarkibini, uning bandlik darajasi va tarkibini tahlil qilish, band boʻlmagan aholini ish bilan ta’minlash boʻyicha takliflar tayyorlash.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot vazirini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga Iqtisodiyot vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash topshirildi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi. 

 

 

Mavzuga doir material:

 

Hududlarni kompleks rivojlantirish boshqarmalari va boʻlimlarining vazifalari belgilandi