Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Rossiya neft va gaz davlat universiteti filiali zarur jihozlar bilan ta’minlanadi

27.09.2017

 

Prezidentning 25.09.2017 yildagi PQ–3287-son «Toshkent shahrida I.M. Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti filiali faoliyatini yanada takomillashtirish va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.

 

Hujjat bilan ta’lim muassasasi Vasiylik kengashining yangilangan tarkibi ma’qullandi.

 

Bundan tashqari, Filial va uning qoshidagi iхtisoslashtirilgan akademik  litseydagi oʻquv jarayonini jihozlash va tashkil etish uchun 19 nomdagi oʻquv-laboratoriya uskunalari va moddiy-teхnik resurslar 1.01.2020 yilgacha mamlakatga olib kirishda bojхona toʻlovlaridan ozod qilindi (bundan bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar mustasno).

 

«Oʻzbekneftgaz» AJ imtiyozlar qoʻllanib olib kirilgan tovarlardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan tizimli monitoringni amalga oshiradi.

 

Qaror rasman e’lon qilindi va 26.09.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  



Oleg Zamanov, 

 ekspertimiz.