Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Soliq auditi boʻyicha qabul qilingan qarorlar ustidan bevosita sudga shikoyat qilish mumkin

22.02.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 20.02.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-910-son Qonun imzolandi.

 

Soliq kodeksiga kiritilayotgan oʻzgartirishga muvofiq, soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlar ustidan bevosita sudga shikoyat qilishga oid cheklov bekor qilinmoqda.

 

Shuningdek:

  • “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi;
  • “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlarga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

 

Oʻzgartirishlar bilan tadbirkorlik sub’yektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda хabardor qilish va bu haqda OAVda e’lon berish talabi bekor qilinmoqda.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 21.02.2024 yilda kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev