27.12.2016 yildagi OʻRQ-417-son «Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonuni bilan Soliq kodeksiga (keyingi oʻrinlarda - SK) oʻzgartirishlar kiritildi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Soliqlardan tejalgan mablagʻlarni uzoqroq ishlatish mumkin
Soliqlardan tejalgan mablagʻlarni uzoqroq ishlatish mumkin
30.12.2016
Soliq imtiyozlarini taqdim etilishining koʻp uchraydigan shartlaridan biri soliq solishdan boʻshagan mablagʻlardan maqsadli foydalanish hisoblanadi. Shu tariqa, davlat investitsiyalarni kapitalga – inson va moddiy-teхnik kapitalga ragʻbatlantiradi.
Amaliyotda imtiyozlardan toʻliq foydalana olmaslikning sababi shundaki, boʻshagan mablagʻlar imtiyozli davr mobaynida toʻliq ishlatilishi kerak. Aks holda ular penya hisoblangan holda byudjetga undirib olinadi (SKning 30-moddasi 4-qismi).
Masalan, agar imtiyozli soliq davri 2016 yilda tugasa, soliqlardan tejalgan summadan 2017 yilning 1 yanvarigacha foydalanilishi kerak. Shu tariqa birga imtiyozli davrning soʻnggi choragida imtiyozlar deyarli amal qilmagan, chunki boʻshagan mablagʻlarni hisoblash va yil oхirigacha ulardan foydalanishning imkoni yoʻq.
Soliq kodeksining 30-moddasiga kiritilgan qoʻshimchalar ushbu adolatsizlikka barham beradi. Soliq toʻlovchilarga imtiyozli davr mobaynida foydalanilmagan boʻshagan mablagʻlarni imtiyozli davr tugaganidan keyin yana bir yil davomida belgilangan maqsadlarga yoʻnaltirish huquqi berildi. Agar ushbu davr tugaganidan keyin ham ulardan toʻliq foydalanilmagan boʻlsa, foydalanilmagan mablagʻlar qoldigʻini byudjetga qaytarishga toʻgʻri keladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Muzaffar Mirzagʻaniyev,
ekspertimiz.
Yangi sonlarda oʻqing
- Investitsiya loyihalarini amalga oshirish choralari tasdiqlandi
- Ta’til puli olti kunlik ish haftasidan kelib chiqib hisoblanadi
- Xodimlar qoʻnimsizligi kuchli boʻlsa…
- 1 maydan elektr energiyasi, gazga tariflar oshirildi, energiya iste’moli me’yorlari joriy qilindi
- Xodimni ta’tildan necha marta chaqirib olish mumkin