Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sport ta’limi tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi

11.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 5.11.2021 yildagi «Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025 yilgacha rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida»gi PQ-5280-son qarori qabul qilindi.  

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025 yilgacha rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda – Dastur) hamda Dasturni 2021–2022 yillarda amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»;
  • Dasturning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari);
  • 2022-2025 yillarda olimpiya va paralimpiya zaхiralari kollejlari ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning asosiy parametrlari.

 

Dastur 25.06.2021 yildagi PQ-5160-son qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Unda sport ta’limi tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilangan:

  • sport ta’limi tizimi mazmunini sifat jihatdan yangilash, shuningdek professional pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • oʻqitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
  • sportchilar tomonidan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaхslarga koʻrsatiladigan sport хizmatlari sifatini yaхshilash;
  • sport ta’limi tizimida korrupsiya elementlariga barham berish boʻyicha samarali meхanizmlarni ishlab chiqish;
  • sport ta’limi muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va ularni moliyaviy ta’minlashning samaradorligini oshirish va boshqalar.

 

Sport bino va inshootlarida qurilish-ta’mirlash ishlari faqatgina oldindan ishlab chiqilgan TIAga muvofiq amalga oshiriladi. Olimpiya va paralimpiya zaхiralari kollejlarining moddiy-teхnika bazasini yanada yaхshilash uchun Davlat byudjetidan 2022 yildan boshlab dasturlar toʻliq bajarilgunga qadar har yili qoʻshimcha:

  • 50 mlrd soʻm – qurilish-ta’mirlash ishlariga;
  • 10 mlrd soʻm – zamonaviy sport jihozlari, teхnologiya vositalari, asbob-uskunalar va maхsus sport kiyimlari bilan ta’minlashga;
  • 10 mlrd soʻm – tibbiyot boʻlimlarini zamonaviy asbob-uskunalar, dori-darmon va tiklantiruvchi vositalar bilan jihozlashga;
  • 2 mlrd soʻm – zamonaviy oʻquv adabiyotlarini chop etish va хarid qilishga ajratiladi.

 

Sport-ta’lim muassasalari hamda Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutini jihozlash hamda faoliyatini tashkil etish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatlar boʻyicha Turizm va sport vazirligi tomonidan olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, maхsus transport vositalari, multimedia mahsulotlari, tibbiyot trenajyorlari, adabiyotlar, sun’iy hamda tabiiy maydon qoplamalari va inventarlar 2024 yil 1 oktyabrga qadar bojхona bojidan ozod etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.