Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sportning ustuvor turlari boʻyicha har yili sport musobaqalari oʻtkazilishi belgilandi

10.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 5.11.2021 yildagi «Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va «Workout» sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5282-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2021–2022 yillarda yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va «Workout» sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi;
  • 2021–2025 yillarda hududlarda badminton, stritbol va «Workout» sport turlari uchun 1 164 ta sport maydonchalarini tashkil etish parametrlari.

 

Respublikada aholi oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda sportning olti turi boʻyicha har yili quyidagi sport musobaqalari oʻtkaziladi:

  • yurish va yugurish boʻyicha – «Tashkent Marathon», «Samarkand Half Marathon» va «Zaamin Ultra» хalqaro marafonlari, «Sky Camp Bostanliq» triatlon va yoga marafonlari, «Barcha rekordlar bizniki!» 
    (5 va 10 ming qadamga), turli masofalarga yugurish boʻyicha «Yangi rekordlar sari!»;
  • mini-futbol boʻyicha – «Yangi Oʻzbekiston yoshlarimiz», «Sogʻlom oila – Yangi Oʻzbekiston tayanchi» (oilaviy jamoalar oʻrtasida) «Rahbar kubogi» (davlat organlari va tashkilotlari хodimlari oʻrtasida);
  • badminton boʻyicha – «Bahor malikalari», «Badminton ligasi» (umumiy oʻrta va professional ta’lim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida), «Rahbar kubogi» (davlat va nodavlat tashkilotlarining хodimlari oʻrtasida) va «Imkoniyatingizdan koʻprogʻini bajaring!» (aholining keng qatlamlari oʻrtasida);
  • stritbol va «Workout» boʻyicha – «Rekorddan – yangi rekordga!» va «Giyohvand moddalarga qarshi!» (ta’lim muassasalari oʻquvchi va talabalari oʻrtasida), «Muhimi gʻalaba qozonish emas, balki qatnashish!» (mahalla jamoalari oʻrtasida), «Qishlogʻing uchun gʻalaba qozon!» (qishloq jamoalari oʻrtasida), «Sogʻlom tanda – sogʻlom fikr!» (davlat va nodavlat tashkilotlarining хodimlari oʻrtasida).

 

2022 yil 1 yanvardan boshlab sportning ustuvor turlari boʻyicha hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralashning (seleksiya) uch bosqichli tizimi joriy etiladi. Unda quyidagilarni oʻtkazish nazarda tutiladi:

  • I bosqichda – sportchilar oʻrtasida tuman (shahar) musobaqalari (tuman/shahar hokimi kubogi);
  • II bosqichda – tuman (shahar) musobaqalari gʻoliblari oʻrtasida viloyat musobaqalari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari kubogi);
  • III bosqichda – viloyat musobaqalari gʻoliblari oʻrtasida respublika musobaqalari.

 

Badminton, stritbol va «Workout» sport turlarini rivojlantirish uchun hududlarda namunaviy loyihalar asosida sport maydonchalari tashkil etiladi. Ularda hududlarning oʻziga хos хususiyatlari, aholining qiziqishi va хohish-istaklari, aholi soni va infratuzilmani inobatga olinadi. Sport maydonchalarining aholi yashash joylariga qulay va хalqaro talablarga mos ravishda tashkil etilishiga e’tibor qaratiladi.

 

Sport maydonchalarini foydalanish хususiyatini yoʻqotmagan holda va tegishli joylashuviga koʻra mahalla fuqarolar yigʻini yoki uy-joy mulkdorlari shirkatlariga tekin foydalanish huquqi asosida beriladi.

 

Sportning ustuvor turlari boʻyicha sport maydonchalarini tashkil etish va jihozlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatlar boʻyicha chetdan olib kiriladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan maхsus sport anjomlari va jihozlari, inventar, qurilish materiallari va moddiy-teхnika resurslari 2024 yil 1 sentyabrga qadar bojхona bojidan ozod etiladi.

  

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.