Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sud ekspertlari qanday malaka oshiradi

25.04.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 13.04.2017 yildagi 206-son qarori bilan Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Sud ekspertlarining malakasini oshirib borish vazirliklar va idoralar tomonidan mustaqil ravishda 2 haftadan kam boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.

 

Oʻz navbatida ularning huquqiy bilimlarini oshirib borish Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida vazirlik va idoralar buyurtmasiga asosan amalga oshiriladi. Ushbu holatda bu 1 haftadan kam boʻlmagan muddatni tashkil etadi.

 

Malakani va huquqiy bilimlarni oshirish oʻz iхtisosligi boʻyicha kamida 2 yillik ish stajiga ega boʻlgan sud ekspertlari uchun har 2 yilda tashkil qilinadi.

 

Jarayon ikki shaklda oʻtkazilishi mumkin:

  • bevosita – oʻquv jarayonida ishtirok etish (quv dasturlariga mos holda yangi nazariy va amaliy bilimlar, malaka va koʻnikmalarni oʻzlashtirish) va davlat sud ekspertizasi muassasalarida malakaviy amaliyot (stajirovka) oʻtash;
  • bilvosita – masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim, oʻz bilimini mustaqil oshirishi, tajriba almashishi, davlat sud ekspertizasi muassasalari va Oʻquv markazi tomonidan tashkil etiladigan ekspertlarning seminar, davra suhbati va konferensiyalarda hamda boshqa shu kabi tadbirlarda ishtirok etishi va ma’ruzalar bilan chiqishi orqali amalga oshiriladi.

 

Oʻquv jarayoniga jalb etilgan sud ekspertlari bilimlarini baholash test yoki yozma imtihon shaklidagi yakuniy nazorat natijasiga koʻra oʻtkaziladi (huquqiy bilimlarni oshirishda, shuningdek suhbat shaklida).

 

Oʻquv dasturini muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan sud ekspertlariga tasdiqlangan shakllar boʻyicha sertifikatlar beriladi.

 

Sud ekspertlarining malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablari bilan bu yerda tanishish mumkin. 

 

Bundan tashqari, qarorga binoan Respublika sud ekspertizasi markazining Buхoro, Jizzaх, Navoiy va Namangan hududiy boʻlimlari ochiladi. Markazning tuzilmasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


 Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.