Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ta’lim sifatini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi inspeksiya kuzatib boradi

26.07.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 18.07.2017 yildagi 515-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 20.04.2017 yildagi PQ-2909-son qaroriga asosan Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalarini attestatsiya qilish boshqarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi  (keyingi oʻrinlarda – Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi) tashkil etilgan.

 

Uning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • ta’lim tizimida oʻquv-tarbiya jarayonlari, professor-oʻqituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish;
  • idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish;
  • oʻquvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarining Oʻzbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari, davlat talablari va malaka talablariga muvofiqligini tahlil qilish, ta’lim muassasalari reytingini aniqlash;
  • Vazirlar Mahkamasining Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasining ishchi organi sifatida nodavlat ta’lim muassasalariga litsenziyalar berish;
  • хorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini aniqlash)ni tashkil etish;
  • respublika hududida хorijiy ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini yuritish huquqiga ruхsatnomalar berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish;
  • ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan beriladigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish.

 

Davlat inspeksiyasiga boshliq boshchilik qiladi, u oʻrinbosarga ega. Ular Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadi. Boshliq maqomiga koʻra vazirga, boshliq oʻrinbosari esa vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

 

Boshqaruv хodimlarining cheklangan soni 108 nafarni tashkil qiladi. Davlat inspeksiyasi хodimlariga Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi.

 

Davlat inspeksiyasi Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Nurхon koʻchasi, 21-uy manzilida joylashgan.

 

Har bir oliy ta’lim muassasasida  - Nazorat boʻlimi

 

Respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida oʻz shtatlari doirasida ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimlari tashkil etiladi. Boʻlimda 3 nafar  хodim boʻladi: boshliq (oylik ish haqi dekan lavozimiga tenglashtirilgan) va 2 nafar bosh mutaхassis. Ular Davlat inspeksiyasi boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

 

Boʻlimlar talabalar bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini oʻrganish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish hamda oliy ta’lim muassasasini ichki attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish va ichki attestatsiya natijalarini, ta’lim sifatiga ta’sir etgan omillar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oliy ta’lim muassasasi rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish bilan shugʻullanadi.

 

Yangi yigʻimlar joriy qilinadi

 

Joriy yilning 1 oktyabridan:

  • umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va kasb-hunar ta’lim muassasalarida birinchi va oliy malaka toifali, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimidagi hamda mazkur malaka toifalari va lavozimlarga talabgor pedagog kadrlarga malaka toifasini berishda  - EKIHning 1 barobari miqdorida;
  • nodavlat ta’lim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun  - EKIHning 10 barobari miqdorida yigʻim joriy etiladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.