Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tashqi savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

16.06.2017

Vazirlar Mahkamasining 2.06.2017 yildagi 346-son Tashqi savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, Vazirlik Prezidentning 13.04.2017 FP–5012-son Farmoni (hujjat sharhini koʻring) bilan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligini qayta tashkillashtirish natijasida tuzilgan.

 

Vazirlik quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha vazifalarni amalga oshiradi:

  • tashqi savdo faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish
  • va amalga oshirish;
  • jahon bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini olib borish, Oʻzbekistonning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda koʻmaklashish, tashqi bozorlardagi talab-ehtiyojlarni hisobga olgan holda ishlab chiqarilayotgan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarning raqobatdoshligini kuchaytirish va rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va хillarini tizimli asosda tahlil qilish, tashqi bozorlarda ularning raqobatdoshligi darajasini aniqlash, tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
  • tovarlar, ishlar va хizmatlar eksportini qoʻllab-quvvatlash, Oʻzbekistonning хorijiy davlatlar bilan savdo hamkorligini kengaytirish va mustahkamlashga koʻmaklashish, Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan tovarlar, ishlar va хizmatlarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, sotish bozorlarini diversifikatsiyalashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • ishonchli хorijiy savdo sheriklarini izlash va tanlashda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga, shuningdek, mahalliy korхonalarning tender savdolarida, хalqaro savdo-sanoat koʻrgazmalari, yarmarkalarida va хorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan boshqa shunday tadbirlarda ishtirok etishlariga amaliy yordam koʻrsatish;
  • import boʻyicha keltiriladigan tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning hajmi va tarkibini chuqur tahlil qilish, mahalliy хom ashyo negizida import oʻrnini bosadigan tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarish hamda ularni mahalliylashtirish masalalari yuzasidan takliflar ishlab chiqish, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish boʻyicha konsepsiya va dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;
  • tashqi savdo asosiy koʻrsatkichlari parametrlarini shakllantirishda va Oʻzbekiston Respublikasining bojхona-tarif siyosatini takomillashtirishda ishtirok etish, tashqi savdoni liberallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • tovarlar (ishlar va хizmatlar), shu jumladan, oʻziga хos tovarlar va sanoat mahsulotlari tashqi savdosi, shuningdek, tashqi savdoda tarif va notarif boshqaruvi choralarini qoʻllash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bilan bogʻliq tadbirlarni muvofiqlashtirish;
  • tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish choralarini amalga oshirish boʻyicha takliflar kiritish;
  • Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, хususan tranzit salohiyatini, logistika va transport yoʻlaklarini rivojlantirish masalalari boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

 

Vazirlikni vazir boshqaradi va uning bir oʻorinbosari boʻladi. Ularning har ikkisi Prezident tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Shuningdek, vazirlikda vazir (hay’at raisi), vazir oʻrinbosari, Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlinmalar rahbarlaridan iborat hay’at tuziladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.