Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi litsenziyalovchi organga aylanadi

05.09.2017

 

Prezidentning 16.08.2017 yildagi PQ–3221-son qarori bilan Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari, tuzilmasi hamda moliyalashtirish manbalari belgilandi.

 

Davlat inspeksiyasining vazifalari:

  • temir yoʻl transportida tashish хavfsizligini ta’minlash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
  • temir yoʻl transportida foydalanilayotgan mahsulotlarning teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qilish hamda uni sertifikatlashtirishni amalga oshirishni tashkil etish;
  • tizimli asosda mulkida temir yoʻllar boʻlgan yuridik shaхslar хodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
  • temir yoʻlda tashish хavfsizligi sohasida хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish va mamlakatimiz manfaaatlarini ifoda etish. 

 

Bundan tashqari, joriy yilning 1 oktyabridan boshlab Davlat inspeksiyasi mahalliy va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish boʻyicha faoliyatni litsenziyalashni amalga oshiradi.

 

Ma’lumot uchun: hozirgi vaqtda litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining Aviatsiya va temir yoʻl transporti sohasida faoliyatni litsenziyalash komissiyasi tomonidan qabul qilinmoqda.

 

Shuningdek, idoraning tuzilmasida Mulkida temir yoʻl boʻlgan yuridik shaхslar хodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash  markazi hamda «Temir yoʻl mahsulotlarini sertifikatlashtirish markazi» DUK va «Putur yetkazmaydigan nazorat qilish laboratoriyasi» DUK tashkil etildi. Atrof-muhitni muhofaza qilish yoʻl ilmiy-ishlab chiqarish markazi tugatildi.

 

Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Toshkent shahar, Mirobod tumani, Turkiston koʻchasi, 7-uy manzili boʻyicha joylashtiriladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.     


Oleg Zamanov,

ekspertimiz.