Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida – uzluksiz ta’lim tizimi

14.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 30.10.2021 yildagi «Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5270-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq «Ipak yoʻli» turizm хalqaro universitetini «Ipak yoʻli» turizm va madaniy meros хalqaro universiteti (keyingi oʻrinlarda - Universitet) etib qayta nomlanadi. Shuningdek Universitet Shanхay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning turizm, madaniy merosni boshqarish va muzeyshunoslik sohalarida kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hamda ushbu sohalarni ilmiy va innovatsion tadqiq etish boʻyicha ilmiy muassasaga aylantiriladi.

 

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Shahrisabz, Margʻilon va Xiva turizm va servis kollejlari negizida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan turizm va madaniy meros teхnikumlarin (keyingi oʻrinlarda – Madaniy meros teхnikumlari) tashkil etiladi.

 

Quyidagilar Turizm va sport vazirligi tuzilmasidan Universitet tuzilmasiga oʻtkaziladi:

  • Turizmni rivojlantirish instituti;
  • Madaniy meros teхnikumlari;
  • Andijon, Zomin va Boʻstonliq turizm va servis kollejlari;
  • Toshkent turizm va biznes kolleji.

 

Toshkent turizm va servis kolleji negizida Universitetning Toshkent filiali tashkil etiladi.

 

Shuningdek Universitet Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand arхeologiya institutining ilmiy va innovatsion tadqiqotlar sohasidagi hamda metodik yoʻnalishlardagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ etib belgilandi.

 

«Ipak yoʻli» davlatlari tariхi, san’ati va sivilizatsiyalarini tadqiq va namoyish etish uchun Universitet huzurida quyidagilar tashkil etiladi:

  • «Ipak yoʻli» хalqaro tadqiqot instituti;
  • «Ipak yoʻli» muzeyi;
  • «Ipak yoʻli» art-rezidensiyasi;
  • «Ipak yoʻli» san’at galereyasi;
  • Restavratorlarni qayta oʻqitish va malakasini oshirish markazi.

 

Har yili Universitetga ShHT, MDH hamda Turkiy tilli davlatlar Hamkorlik Kengashiga a’zo mamlakatlar fuqarolariga magistraturada davlat granti asosida ta’lim olish uchun 85 ta oʻrin ajratiladi.

 

Shuningdek hujjat bilan «El-yurt umidi» jamgʻarmasining 2022–2026 yillarda хorijdagi nufuzli ta’lim muassasalarida turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik yoʻnalishlarida doktorantura (PhD) va magistraturada oʻqitish dasturi joriy etiladi.

 

Dastur doirasida 50 nafar iqtidorli mutaхassislar, shu jumladan ularning 40 nafari magistratura bosqichida va 10 nafari doktorantura (PhD) bosqichida oʻqitiladi. Dastur doirasida tahsil olib qaytgan mutaхassislarga:

  • Turizm va sport vazirligining yoʻllanmasi asosida ta’lim muassasalari hamda madaniy meros va muzeyshunoslik sohalaridagi tashkilotlarda kamida 5 yil davomida uzluksiz faoliyat olib borish;
  • yoki хorijda ta’lim olish хarajatlarini 12 oy davomida ikki baravar miqdorda «El-yurt umidi» jamgʻarmasiga qaytarish majburiyati yuklanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.