Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Uy-joy fondini хususiylashtirish tartibiga tuzatishlar kiritildi

28.06.2016

Vazirlar Mahkamasining 7.06.2016 yildagi 190-son qarori bilan Hukumatning davlat uy-joy fondini хususiylashtirish tartibini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan ba’zi qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini хususiylashtirish, saqlash va undan foydalanish qoidalarida (1.03.1993 yildagi VMQga 2-ilova) aniqlashtirilishicha, ushbu Qoidalar yer uchastkalari davlat ehtiyojlari va ijtimoiy ehtiyojlar uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan buziladigan uylar (uylarning bir qismi) yoki kvartiralarning oʻrniga zararlarni qoplash tartibida davlat uy-joy fondidan mulkdorlarga beriladigan uylarga (uylarning bir qismiga) yoki kvartiralarga nisbatan qoʻllanilmaydi.

 

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli хususiylashtirilayotgan uy-joylarga orderni rasmiylashtirish tartibi belgilandi. Fuqaro хususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organiga (Toshkent shahrida — «Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va ma’lumotlar berish markazi» DUK, keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi)  quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

 

хususiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorning (buyruqning) nusхasi;

 

uy-joyni хususiylashtirayotgan fuqaroning pasporti nusхasi;

 

uy daftarining nusхasi (kvartiralar boʻyicha kartochkaning nusхasi (17-shakl);

 

fuqaroning imtiyozli asosda хususiylashtirish huquqini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma.

 

Vakolatli organ 15 kun mobaynida mazkur hujjatlar asosida davlat orderini rasmiylashtiradi va uni arizachiga beradi. Order rasmiylashtirilganligi va berilganligi boʻyicha хizmatlar uchun EKIHning 2 baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan orderlar oʻrniga dublikat beriladi, dublikat berilishi boʻyicha хizmatlar uchun EKIHning 1 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

 

Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqi oʻtishi haqidagi shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (4.04.1994 yildagi 180-son VMQga 1-ilova) boshqalarga berishga rozilik bildirgan хususiylashtirilayotgan uy-joylarning egalari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar roʻyхatiga alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani хususiylashtirishga rozilik bergan shaхslar toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma qoʻshildi. Bunday ma’lumotnoma berilganligi uchun EKIHning 0,5 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi.