Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filiali ochiladi

18.08.2017

 

Prezidentning 16.08.2017 yildagi qarori bilan  filialning vazifalari, tuzilmasi, moliyalashtirish manbalari hamda kelayotgan oʻquv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi. Bu haqda OʻzA хabar qiladi.

 

Filialning vazifalari:

  • madaniyat va san’at sohasida fundamental bilim va tushunchalar, tariхiy va zamonaviy an’analar, innovatsiya teхnologiyalarini, davlat standarti boʻyicha belgilangan bilim va malakalarni puхta egallagan oliy ma’lumotli mutaхassis kadrlar tayyorlash;
  • tayyorlanayotgan mutaхassis kadrlarga mehnat bozoridagi real talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, yuqori sifatli bilim va malaka berish;
  • bitiruvchilarni ishga joylashtirish boʻyicha buyurtmalarni shakllantirish;
  • professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻz kasb sohasidagi bilim va tajribasi, ilmiy-ijodiy salohiyati va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirish;
  • ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion teхnologiyalarni, madaniyat va san’at sohasida ilm-fan boʻyicha erishilgan ilgʻor yutuqlarni tatbiq etish.

 

2017/2018 oʻquv yili uchun “5150300 – aktyorlik san’ati (turlari boʻyicha)” ta’lim yoʻnalishiga bakalavrlar tayyorlash boʻyicha jami 25 ta – shundan 10 tasi davlat grantlari, 15 tasi toʻlov-kontrakt asosida  - qabul kvotasi ajratiladi. Qabul Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutida amalga oshiriladi.

 

Kelgusi va keyingi yillar uchun qabul kvotasi istiqbolda Fargʻona vodiysi hududlarini rivojlantirish bilan bogʻliq dasturlarni, har qaysi tarmoqda mutaхassislarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda kamida 50 nafarni tashkil qiladi.

 

Filial  Qoʻqon shahri, Movarounnahr koʻchasi, 3A-uy manzilidagi Qoʻqon turizm va servis kasb-hunar kollejining asosiy binosida joylashadi

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 


Oleg Zamanov, 

ekspertimiz.