Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston ISESCO a’zosi boʻldi

16.10.2017

 

Vazirlar Mahkamasining  12.10.2017 yildagi 821-son “Ta’lim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (AYSESKO) bilan hamkorlik toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi.

 

Ma’lumot uchun: Ta’lim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ingl. qisq. ISESCO) 1979 yilda ta’sis etilgan. Ayni vaqtda 54 ta davlat uning a’zosi, yana 3 ta mamlakat kuzatuvchi davlat hisoblanadi. Tashkilotning qarorgohi Rabotda (Marokash) joylashgan.

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi YuNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiya Ta’lim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (AYSESKO)  bilan oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi sifatida tasdiqlandi. Toshkent islom universiteti rektori Oʻzbekistonni AYSESKOning Ijro etuvchi qoʻmitasida ifoda etadi.

 

Moliya vazirligiga kelasi yildan boshlab mamlakatimizning  AYSESKOga yillik a’zolik badalini toʻlash uchun mablagʻlarni koʻzda tutish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi va 13.10.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

 Oleg Zamanov,

ekspertimiz.