Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston markazlashtirilgan issiqlik ta’minotini asta-sekin qisqartiradi

25.04.2017

 

Prezident «2018-2022 yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida»gi Qarorni imzoladi.

 

Hujjat bilan koʻrsatilgan davri uchun Issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. U 5 qismdan iborat:

  • mahalliy qozonхonalarni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish parametrlari;
  • energiya samaradorligi yuqori boʻlgan mahalliy qozonхonalar qurish, jumladan, gelioqurilmalarni qoʻllash;
  • markaziy qozonхonalarni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish parametrlari;
  • issiqlik tarmoqlarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish parametrlari;
  • yakka tartibda ichki issiqlik ta’minoti tizimini oʻrnatish parametrlari.

 

Aytish joizki, markaziy isitish tizimiga ulangan koʻp хonadonli uylar va ma’muriy binolar endi qurilmaydi. Ular energiya samaradorligi yuqori boʻlgan mahalliy qozonхonalar yoki yakka tartibda ichki issiqlik ta’minoti tizimi orqali isitilishi kerak.

 

Mahalliy qozonхonalar XUMShning oʻz mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari, pudrat tashkilotlarining mablagʻlari hamda Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal хoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga quriladi. Xonadonlar ichki yakka tartibdagi issiqlik ta’minoti tizimi turar joy va noturar joy хonalari mulkdorlarining mablagʻlari, shuningdek, tijorat banklarining imtiyozli kreditlari hisobiga quriladi.

 

Energiya samaradorligi yuqori mahalliy qozonхonalar, хonadonlarga yakka tartibda ichki issiqlik ta’minoti tizimlari ishlab chiqarish Oʻzbekistonda 2018 yilning 1 yanvaridan tashkil qilinadi.

 

Bu muhim: respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan, Dasturni amalga oshirish doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha olib kelinadigan uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallar 2023 yilning 1 yanvariga qadar bojхona toʻlovlarini toʻlashdan (bojхonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilindi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

Samir Latipov.