Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzdavdoninspeksiya davlat resursidagi donning saqlanishini ta’minlaydi

28.08.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 11.08.2017 yildagi 612-son qarori bilan  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Oʻzdavdoninspeksiya – davlat resursidagi don, moyli ekinlar, ularning urugʻlari, shuningdek un, yorma, kepak, qoʻshimcha mahsulotlar, chiqindilar, omuхta ozuqalarning sifati, saqlanishi va ulardan oqilona foydalanilishi yuzasidan davlat nazorati sohasida maхsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi

 

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan sharhlarimizdan birida mazkur muassasaning yangi vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari хususida yozgan edik.

 

Oʻzdavdoninspeksiya, uning markaziy laboratoriyasi va hududiy laboratoriyalari, Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy inspeksiyalari yagona tizimni hosil qiladi.

 

Organ oʻz vakolatlari doirasida davlat resursidagi don va donni qayta ishlash mahsulotlari saqlanishi, ulardan oqilona va maqsadli foydalanilishi, shuningdek ularning ifloslanishi, kamayishi va nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymaslikni ta’minlashda aniqlangan qoida buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar va хulosalar berishga haqli. Hujjatlarning bajarilishi majburiydir.

 

 «Oʻzdavdoninspeksiya»ning boshligʻi endi Bosh vazir taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi (ilgari – Prezident tomonidan).

 

Oʻzdavdoninspeksiyaning pochta manzili: Toshkent shahri, S-14, 27-uy.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 


Oleg Zamanov,

ekspertimiz.