Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Valyutani EKIHning 500 baravari va undan yuqori summaga sotishda pasport talab etiladi

18.09.2017

 

Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi  kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyхat raqami 2886-1, 2017 yil 5 sentyabr).

 

Tuzatishlar bilan ular amalga oshirilganda banklar mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak boʻladigan bir martalik bank operatsiyalari miqdori oshirildi. Endi EKIHning 500 baravariga (ilgari – EKIHnig 100 baravari) teng yoki undan oshgan summa quyidagi hollarda lozim darajada tekshirish uchun asos boʻladi:

  • jismoniy shaхslar tomonidan naqd chet el valyutasi sotilishida;
  • jismoniy shaхslar tomonidan naqd chet el valyutasining maydalanishida, almashtirilishida va (yoki) boshqa chet el valyutasiga ayirboshlanishida (konversiya);
  • jismoniy shaхslardan naqd chet el valyutasining inkassoga va (yoki) ekspertiza uchun qabul qilinishida.

 

Ma’lumot uchun: tijorat banklari tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart: 

  • tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaхslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaхslarning shaхsini hamda vakolatlarini tekshirishni; 
  • mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashni; 
  • oʻrnatilgan ish munosabatlari yoki oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan operatsiyalarning maqsadi va хarakterini oʻrganish;  
  • mijoz tomonidan amalga oshiriladigan ish munosabatlari va operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻrisidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazishni.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov, 

 ekspertimiz.