Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparatida yangi departamentlar paydo boʻldi

05.09.2017

 

Prezidentning 21.08.2017 yildagi PQ–3226-son «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.

 

Hujjatga koʻra, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida 2 ta aхborot-tahlil departamenti tugatildi va ularning oʻrniga 3 ta yangisi tashkil etildi (quyidagi jadvalga qarang).

 

 

Tugatilayotgan boʻlinmalar 

 

Tashkil etilayotgan boʻlinmalar

Madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari aхborot-tahlil departamenti

 

Aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari aхborot-tahlil departamenti

 

Madaniyat, san’at va turizmni rivojlantirish masalalari aхborot-tahlil departamenti 

Tashqi iqtisodiy faoliyat, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari aхborot-tahlil departamenti

Tashqi savdo faoliyati, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari aхborot-tahlil departamenti uning tarkibida  Toshkent viloyati Qibray, Zangi ota, Yangiyoʻl, Chinoz va Toshkent tumanlari meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish masalalari sektorini tashkil etish bilan

 

 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.