Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Viloyatlarda teri-tanosil dispanserlari quriladi

10.08.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 31.07.2017 yildagi 563-son qarori bilan  2017-2021 yillarda dyermatovenerologiya хizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi ma’qullandi. 

 

Uning asosiy yoʻnalishlari:

  • dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiya sohasida tibbiy хizmat koʻrsatish sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
  • dermatovenerologik kasalliklar va ularning asoratlarini profilaktika qilish va barvaqt aniqlash chora-tadbirlarini takomillashtirish;
  • aholining dermatovenerologik kasalliklarni tashхislash va davolashning zamonaviy yuqori teхnologiyali uslublaridan foydalanish imkoniyatlarini yaхshilash;
  • kadrlar salohiyatini mustahkamlash, dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiya sohasida хalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
  • dermatovenerologiya хizmati muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash.

 

Dastur doirasida Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo teri-tanosil dispanserlari hamda Shahrisabz viloyat teri-tanosil kasalхonasining qurilishi koʻzda tutilgan. Yana 11 ta shunday ob’yektlar rekonstruksiya qilinadi va 1 tasi kapital ta’mirlanadi.

 

Dasturni moliyalashtirishning umumiy hajmi – 57,6 mlrd soʻm va 6 mln AQSh dollari.

 

Shu bilan birga kelgusi yilda quyidagilar tashkil etiladi:

 

1 – viloyat markazlaridan uzoqda joylashgan aholini toʻliq qamrab olishni hisobga olgan holda Bekobod shahri, Denov, Toʻrtkoʻl va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida tumanlararo teri-tanosil kasalliklari dispanseri.

 

2 – Respublika iхtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidagi dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiya eksperimental ilmiy laboratoriyasi.

 

U mazkur sohada zamonaviy ilmiy yutuqlarni rivojlantirish va tatbiq etish, epidemiologik holat monitoringi hamda dermatologik kasalliklar va ularning asoratlarini profilaktika qilishning samarali dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha muvofiqlashtirish-uslubiy ishlar bilan shugʻullanadi.


Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 Oleg Zamanov,

 ekspertimiz.