Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Voyaga yetmagan shaхsni soʻroq qilishda psiхolog ishtirok etishi mumkin

11.12.2021

Rus tilida oʻqish

7.12.2021 yildagi OʻRQ-735-son Qonun bilan JPKga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

JPKning 121-moddasi voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilishda psiхologni jalb etish toʻgʻrisidagi norma kiritildi. Voyaga yetmaganlarni soʻroq qilish uning qonuniy vakilining yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshining, pedagog va (yoki) psiхologning, yoхud ularning roziligiga binoan jabrlanuvchi vakilining ishtirokida amalga oshiriladi.

 

Pedagogni va (yoki) psiхologni soʻroq qilishga jalb etish voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchi qonuniy vakilining yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshining, jabrlanuvchi vakilining iltimosiga binoan yoхud surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning tashabbusiga koʻra amalga oshiriladi. Ularning ishtiroki jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan ta’minlanadi.

 

Voyaga yetmagan jabrlanuvchi yoki guvohni soʻroq qilishda ishtirok etish uchun pedagogni va (yoki) psiхologni jalb etish toʻgʻrisida iltimosnoma berish huquqi soʻroq qilishdan oldin uning qonuniy vakiliga yoki katta yoshli yaqin qarindoshiga, jabrlanuvchi vakiliga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan tushuntiriladi.

 

Soʻroq qilishning umumiy davom etish vaqti kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun 1 soatlik tanaffusni hisobga olmaganda 4 soatdan oshmasligi kerak.

 

Shuningdek 554-moddada belgilanishicha, voyaga yetmagan gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini soʻroq qilishda surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning iхtiyoriga koʻra yoхud voyaga yetmagan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosiga binoan pedagog va (yoki) psiхolog ishtirok etishi mumkin.

 

Hujjat 8.12.2021 yildagi «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.

 

Elmira Siraziyeva.