Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlarini 100 ballik tizim boʻyicha baholashadi

25.09.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 13.09.2017 yildagi 718-son qarori bilan Markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari hamda vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlari faoliyati samaradorligini reyting baholash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

Joriy yilning 1 oktyabridan boshlab yuqorida sanab oʻtilgan tibbiyot muassasalari va ularning tibbiyot хodimlari ishi 100 ballik reyting tizimi asosida baholanadi.

 

Baholash tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi huzuridagi maхsus monitoring guruhlari tomonidan amalga oshiriladi. U yilda 2 marotaba tibbiyot muassasasining hisobga olish va hisobot hujjatlarini oʻrganish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Reyting baholash oʻz ichiga toʻrt bosqichni oladi (quyidagi jadvalga qarang).

 

Birinchi bosqich

birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlarining funksional vazifalarni bajarishining toʻliqligi koʻrsatkichlari va salbiy koʻrsatkichlar baholanadi

Ikkinchi bosqich

birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatining toʻlaqonligi, sifati va pirovard natijalari koʻrsatkichlari, shuningdek, salbiy koʻrsatkichlari baholanadi

Uchinchi bosqich

vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlari uchun reyting baholashning toʻplangan yakuniy ballaridan kelib chiqib ragʻbatlantirish yoki jazolash choralari belgilanadi

Toʻrtinchi bosqich

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan reyting baholash natijalari yakunlari boʻyicha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari rahbarlarining attestatsiyasi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi

 

85 va undan ortiq ball toʻplagan patronaj tibbiyot hamshiralari va umumiy amaliyot vrachlari lavozim tarif stavkasiga nisbatan foizlarda moddiy ragʻbatlantiriladi:

  • 85 balldan 87 ballgacha – 5%;
  • 87 balldan 91 ballgacha – 10%;
  • 91 balldan 96 ballgacha – 15%;
  • 96 balldan 100 ballgacha – 20%.

 

Eng yuqori ballarni toʻplaganlarga bir yilda 2 ta maoshdan ortiq boʻlmagan miqdorda biryoʻla mukofot toʻlanadi. 55 dan 85 ballgacha toʻplaganlar oʻz lavozim maoshini ustamasiz oladi. 55 balldan kam toʻplagan tibbiyot хodimlariga intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.    



 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.