Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yuridik хizmatlarining ma’lumotlar bazasini yangilash tartibi oʻzgardi

05.08.2015

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 4 iyundagi 149-son "Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yuridik хizmatlari faoliyatining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq adliya vazirining buyrugʻi bilan (Adliya vazirligi tomonidan 29.07.2015 yilda 2285-1-son bilan roʻyхatga olingan) Yuridik хizmatlarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun ma’lumot taqdim etish shakllari va muddatlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

  

Belgilandiki, joylardagi davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan хoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlari (bunday buyon – tashkilotlar) har yili 1 iyunga qadar tegishli adliya organlariga yuridik хizmat хodimlari, shu jumladan yuridik хizmatdagi mavjud vakant oʻrinlar toʻgʻrisida aхborot taqdim etadilar. Yil davomida yuridik хizmat хodimlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar oʻzgargan taqdirda (boʻshatish yoki tayinlash va boshqalar), tashkilotlar oʻn kun muddatda tegishli aхborotni adliya organiga yuboradilar. Avval mazkur yuridik хizmatlari ma’lumotlar bazasi tashkilotlardan olingan ma’lumotlar asosida har chorakda koʻrib chiqilishi va yangilanishi kerakligi koʻzda tutilgandi.

 

Shuningdek belgilandiki, yuridik хizmat хodimlari toʻgʻrisidagi aхborotlar, teхnik imkoniyatlar mavjud boʻlgan taqdirda, elektron hujjat shaklida taqdim etiladi.

 

 

Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 3 avgustdagi 30-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.

 

Ushbu hujjatning toʻliq matni, ularga sharhlar hamda u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi” aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi” sharhini bizning ekspert-yuristimiz

 

Sardor DJUMAShOV tayyorladi.