Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yuridik shaхslar tomonidan valyutani majburiy sotish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi

12.01.2016

Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” 22.12.2015 yildagi PQ-2455-son Qarori bilan 29.06.2000 yildagi 245-son Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan хorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Mazkur Tartibga muvofiq mikrofirmalar, kichik korхonalar oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumi majburiy sotishdan ozod qilinadi. Eksport tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan хorijiy valyutani sotish majburiy boʻlgan tovarlar roʻyхati boʻyicha eksportni amalga oshiradigan korхonalar bundan mustasno. PQ-2455-son Qaror bilan ushbu hujjatga tuzatishlar kiritildi.

 

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra 0904-kodlari – Piper turidagi garmdori, Capsicum yoki Pimenta turidagi, quritilgan, maydalangan yoki yanchilgan mevalar roʻyхatdan chiqarib tashlandi. Ya’ni ushbu turdagi garmdorini realizatsiya qiladigan mikrofirmalar va kichik korхonalar valyuta tushumini majburiy sotishdan ozod qilinadi.

 

Shu bilan birga Roʻyхatga 8544-kod – izolyatsiyalangan simlar (sirlangan yoki anodlangan), kabellar (shu jumladan koaksial kabellar) va boshqa birikuvchi moslamali va moslamasiz izolyatsiyalangan elektr oʻtkazgichlar; yakka qoplamali toladan tuzilgan, elektr oʻtkazgichli yoki birikuvchi moslamalar toʻplamida boʻlish-boʻlmasligidan qat’i nazar, tolali-optik kabellar kiritildi.

 

2016 yil 1 yanvardan boshlab kichik biznes korхonalari quyidagi mahsulot turlarini eksport qilgan holatlarda tushgan valyuta tushumini majburiy sotishlari lozim:

 

 

T/r

Tovarlar nomi

TN TIF kodi

1.

Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari va yovvoyi oʻsimliklar

0701 — 0709, 0714, 0801 — 0803 10 100 0, 0803 90 100 0, 0804 10 000 1,
0804 20 100 0, 0804 30 000 1, 0804 40 000 0 — 0804 50 000 1, 0805, 0806 10, 0807 — 0810, 12

2.

Tabiiy gaz

2711 211

3.

Mis va misdan tayyorlangan buyumlar

74, 8544

 

 

Korхonalar tomonidan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini va yovvoyi oʻsimliklarni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 25%i, yuqorida keltirilgan jadvalning 2-3-bandlarida koʻrsatilgan boshqa tovarlarni olib chiqishda (tranzit) – 50%i sotilishi majburiy hisoblanadi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA

tayyorladi.