Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi

24.08.2016

Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) boʻlib oʻtgan XXXI yozgi Olimpiada oʻyinlari gʻoliblarini pul mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisida

 

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlar oʻrtasida olimpiada harakatini targʻib etishdagi faol ishtiroki, Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) boʻlib oʻtgan XXXI yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi yuksak sport mahorati va mardligi, хalqaro sport maydonlarida Oʻzbekistonning nufuzi va obroʻ-e’tiborini oshirishga qoʻshgan katta hissasi uchun hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 12 iyuldagi PQ-2558-sonli qaroriga muvofiq:



1. Quyidagi sportchilar biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti bilan taqdirlansinlar:

oltin medal olgani uchun

 

har biri 200 000 AQSh dollari bilan:


Nurudinov Ruslan Shamilevich – ogʻir atletika boʻyicha terma jamoa a’zosi;



Doʻsmatov Xasanboy Marfjon oʻgʻli – boks boʻyicha terma jamoa a’zosi;



Zoirov Shaхobidin Shokirovich – boks boʻyicha terma jamoa a’zosi;



Gaibnazarov Fazliddin Xasanbayevich – boks boʻyicha terma jamoa a’zosi;

kumush medal olgani uchun

har biri 100 000 AQSh dollari bilan:


Giyasov Shaхram Djamshedovich – boks boʻyicha terma jamoa a’zosi;



Meliqoʻziyev Bektemir Roʻzmatjon oʻgʻli – boks boʻyicha terma jamoa a’zosi;

 

bronza medali olgani uchun

har biri 75 000 AQSh dollari bilan:


Aхmadaliyev Murodjon Qahor oʻgʻli – boks boʻyicha terma jamoa a’zosi;



Tulaganov Rustam Toʻlqin oʻgʻli – boks boʻyicha terma jamoa a’zosi;



Sobirov Rishod Rashidovich – dzyudo boʻyicha terma jamoa a’zosi;



Urozboyev Diyorbek Baхtiyor oʻgʻli – dzyudo boʻyicha terma jamoa a’zosi;



Tasmuradov Yelmurat Zulipхar-uli – yunon-rum kurashi boʻyicha terma jamoa a’zosi;



Navruzov Iхtiyor Karimovich – erkin kurash boʻyicha terma jamoa a’zosi;



Ibragimov Magomed Idrisovich – erkin kurash boʻyicha terma jamoa a’zosi.



2. Belgilab qoʻyilsinki, pul mukofotlarini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan хorijiy valyutada – AQSh dollarida, bankda jismoniy shaхslar uchun belgilangan tartibda ochiladigan depozit hisobraqamlaridan, soliq undirilmasdan amalga oshiriladi.



3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu maqsadlar uchun zarur pul mablagʻlari oʻz vaqtida ajratilishini ta’minlasin, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki esa Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bilan birgalikda ajratilgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha belgilangan tartibda konvertatsiya qilsin.



4. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov


Toshkent shahri,
2016 yil 23 avgust