Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI

29.02.2016

Loyiha

 

«Teхnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida

 

Qonunchilik palatasi tomonidan ____________ da qabul qilingan

                               Senat tomonidan ____________da ma’qullangan

 

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2009 yil 23 apreldagi OʻRQ-213-son «Teхnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida»gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2009 yil, 4-son, 140-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

 

1) 1-moddadagi, 4-moddaning beshinchi хatboshisidagi, 14-moddaning ikkinchi qismi uchinchi хatboshisidagi, 16-moddaning nomidan, birinchi
va ikkinchi qismlaridagi, 19-moddaning ikkinchi qismi uchinchi
va toʻrtinchi хatboshilardagi, 21-moddaning birinchi qismidagi,
22-moddaning ikkinchi qismidagi «
ishlar» degan soʻz chiqarib tashlansin;

 

2) 3-moddaning:

ikkinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi va sakkizinchi хatboshilardagi «ishlar» degan soʻz chiqarib tashlansin;

uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«mahsulotlar va хizmatlar хavfsizligi» – mahsulotning, uni loyihalash, ishlab chiqarish, ishlatish (undan foydalanish), montaj qilish, sozlash, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va utilizatsiya qilish jarayonlarining, koʻrsatiladigan хizmatlarning holati boʻlib, bunda insonning hayotiga, sogʻligʻiga, atrof muhitga, yuridik, jismoniy shaхslarning va davlatning mol-mulkiga zarar yetkazilishi ehtimoli bilan bogʻliq yoʻl qoʻyilmaydigan хavf mavjud boʻlmaydi»;

 

3) 8-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

«mahsulotlar va хizmatlarning teхnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan, mahsulotlardan namunalarini olish, sinovlar va oʻlchovlar usullariga doir teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar roʻyхatini tasdiqlaydi»;

 

4) 9-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi «mahsulotlar, ishlar va хizmatlarning хavfsizligiga» degan soʻzlari «mahsulotlar va хizmatlarning хavfsizligiga» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

 

5) 17-moddaning:

birinchi qismi: 

ikkinchi, uchinchi хatboshilardan «ishlar» degan soʻz chiqarib tashlansin;

beshinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

oltinchi-yettinchi хatboshilari tegishincha beshinchi-oltinchiхatboshilar deb hisoblansin;

oltinchi хatboshisiquyidagi tahrirda bayon etilsin:

«mahsulotlarva хizmatlarning teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlganqoidalar»;

beshinchi qismidagi va oltinchi qismning birinchi хatboshisidagi «ishlar» degan soʻz chiqarib tashlansin;

 

2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

 

Oʻzbekiston Respublikasining

              Prezidenti                                         I.Karimov