Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

VAKANSIYaLAR

22.09.2015

Oʻzbekiston buхgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi 


Oʻzbekiston auditorlar Palatasi


Oʻzbekiston buхgalterlar federatsiyasi

 

yangi barpo etilgan tashkilotda boʻsh ish oʻrinlarini toʻldirish uchun tanlov e’lon qiladi

 

«Buxgalterlar  va  auditorlar  imtixon  markazi» MChJ (Imtihon markazi)


1.Imtihon markazi direktori

 

Majburiyatlari:


  • Markaz ustaviga muvofiq uning moliya-хoʻjalik faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshirish;
    • Markazning ichki hujjatlariga muvofiq imtihonlarni tashkil qilish va oʻtkazish;
    • Imtihonlar ma’murchiligini amalga oshirish;
    • Imtihon ishlarini tegishli ravishda saqlashni tashkil qilish va ta’minlash;
    • Talabgorlar boʻyicha ma’lumotlar bazasini yuritishni tashkil qilish;
    • Imtihonlar natijalarini berishni tashkil qilish.

 

Talablar:


  • Oliy ma’lumot;
  • Oʻzbek va rus tillarini bilish;
  • Ingliz tilini bilish olqishlanadi;
  • Soliq, fuqarolik, mehnat qonunchiligini bilish;
  • Istalgan sifatlari:
  • oʻzini oʻzi tashkil qilish, ta’lim olishga qobiliyatlilik, mas’uliyatlilik, ishchanlik, stressga bardoshlilik, muloqotga kirishimlilik, sodiqlik, jamoada ishlay bilish.

Ish asosiy ish joyi boʻyicha


 

       2.Imtihon markazi direktorining imtihon modullarini ishlab chiqish boʻyicha oʻrinbosari


Majburiyatlari:


  •       Markazning ichki hujjatlariga muvofiq imtihonlar modullarini ishlab chiqish boʻyicha ishlarni tashkil qilish;
  •      Imtihonlarga tayyorlanish, materiallarni oʻzbek va rus tillariga tarjima qilish uchun oʻquv, uslubiy materiallarni ishlab chiqish boʻyicha ishlarni tashkil qilish;
  •      Imtihon materiallarining murakkablik darajasini belgilash uchun sinov imtihonlarini tashkil qilish va oʻtkazish (Markazning veb-sayti, OAV foydalangan holda).
  •       Imtihon materiallari boʻyicha ma’lumotlar bazasini yuritish, ularni bosqichma-bosqich yangilash, Markazning veb-saytida  oldingi imtihonlar materiallarini joylashtirish.

 

Talablar:

  • Oliy ma’lumot;
  • Oʻzbek va rus tillarini bilish;
  • Ingliz tilini bilish olqishlanadi;
  • Istalgan sifatlari:
  • oʻzini oʻzi tashkil qilish, ta’lim olishga qobiliyatlilik, mas’uliyatlilik, ishchanlik, stressga bardoshlilik, muloqotga kirishimlilik, sodiqlik, jamoada ishlay bilish.

Ish asosiy ish joyi boʻyicha yoki oʻrindoshlik asosida boʻlishi mumkin.

 

 

3.Imtihon markazi direktorining  imtihon ishlarini baholashni tashkil qilish boʻyicha oʻrinbosari


Majburiyatlari:


Markazning ichki hujjatlariga muvofiq talabgorlarning imtihon savollariga javoblarini baholash boʻyicha ishlarni tashkil qilish va oʻtkazish

 

Talablar:


  • Oliy ma’lumot;
  • Oʻzbek va rus tillarini bilish;
  • Ingliz tilini bilish olqishlanadi;
  • Istalgan sifatlari:
  • oʻzini oʻzi tashkil qilish, ta’lim olishga qobiliyatlilik, mas’uliyatlilik, ishchanlik, stressga bardoshlilik, muloqotga kirishimlilik, sodiqlik, jamoada ishlay bilish.

Ish asosiy ish joyi boʻyicha yoki oʻrindoshlik asosida boʻlishi mumkin.

 


 Rezyume taqdim qilishning oхirgi muddati – 2015 yil 5 oktyabr.

 

 

Batafsil ma’lumotlarni buхgalterlar va auditorlarning respublika professional birlashmalaridan quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:

234-01-87, 235-76-51, 234-81-99, 120-30-10.   

 

 

Rezyume va portfolioga havolalarni quyidagi barcha uchta elektron manzil boʻyicha yuborishingizni soʻraymiz:

 

-   naba@naaa.uz,   auditpalata@mail.ru,   info@uzaccountant.uz.